“Samarqandni odamlar shahriga aylantirishimiz kerak, hozir mashina-shaharga aylangan” - Turdimov
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov bir necha kun oldin bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Samarqand shahri ko‘chalarida mashinalar emas, avvalo piyodalarga ustuvorlik berish kerakligini ta’kidlab, bu borada mas’ullarga ko‘rsatmalar berdi.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati
“Eng asosiy masala – Samarqand shahrini odam-shaharga aylantirishimiz kerak. Bugun bizning shahrimiz mashina-shaharga aylangan. Mashina egalari norozi bo‘lsa bo‘lsin, mayli. Piyoda yurishni yo‘lga qo‘yishimiz kerak. “Parkovka”ni ko‘paytirishimiz kerak. Mashinasini “parkovka”ga olib borib qo‘yishi kerak”, – deydi Turdimov.
Viloyat hokimligi axborot xizmati ushbu yig‘ilish haqida 26 noyabr kuni xabar bergan. Xabarda aytilishicha, yig‘ilishda shahar sektorlari rahbarlariga markaziy ko‘chalarda avtomobillar to‘xtash joylarini tashkil etish, piyodalar yo‘laklarini tartibga keltirish, piyodalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.
“Samarqand shahar to‘rtta sektori piyodalar yuradigan joylarda piyoda yurib, sharoit yaratish bo‘yicha choralar ko‘rishi kerak. Trotuarga ham mashina qo‘yib qo‘yadi. U zo‘ravon, noinsof, qo‘ydirmaslik kerak. Hamma do‘konning oldiga mashina qo‘yib qo‘yadi, qo‘ydirmaslik kerak. Odamlarimiz ko‘proq piyoda yurishi kerak.
Yana bir marta aytaman, piyoda-shaharga aylantirish chora-tadbirlarini ko‘rishimiz kerak”, – degan viloyat rahbari.
Turdimovning so‘zlariga ko‘ra, yil oxirigacha Samarqand shahridagi elektrobuslar soni 100 taga, kelasi yilning birinchi yarmida esa 150 taga yetkaziladi.
“Avtobusni ko‘paytirishimiz kerak. Mana hozir 36 ta elektrobus keldi, yil yakunigacha yana 64 ta elektrobus keladi. Bu elektrobuslarning marshrutini transport boshqarmasi menga emas, Samarqand shahri odamlari bilan ommaviy muhokama qilib, ijtimoiy tarmoqlarda yoyinlab, keyin guruh tuzish kerak-da, hammasini ekspertizadan o‘tkazib, yaxshi marshrut tayyorlab, uni xalq deputatlari Samarqand shahar kengashiga kiritib, kengashda tasdiqlanib, keyin viloyatga bersa, biz “dobro” beramiz. Hozir yurayotgan mashinalarni olib tashlab, o‘rniga buni qo‘ydirib, nohaqlik qilish keragi yo‘q. Odamlar bilan maslahatlashib qo‘yish kerak.
2025 yilning birinchi yarim yilligida yana 50 ta elektrobus olishimiz kerak. O‘shalarning hammasini agar Juma–Urgut yo‘nalishiga qo‘yadigan bo‘lsak, kamroq kirib keladi, “nagruzka” kamayadi shu ko‘chada. Hozir kirib bo‘lmaydi...” – deya ta’kidlagan Erkinjon Turdimov.
Avvalroq Samarqandda tramvayning uchinchi yo‘nalishi ochilishi rejalashtirilayotgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Britaniyalik 2 yoshli bola Mensa tarixidagi eng yosh dahoga aylandi
Jahon | 01:08
-
Istanbullik erkak har kuni ishga borish uchun Bosfordan suzib o‘tishi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 00:40
-
«Ahmoqlar. O‘t ochishni to‘xtatish o‘limlar bo‘lmasligi uchun kerak» - Zelenskiy
Jahon | 23:33 / 02.06.2025
Mavzuga oid

20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar

19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi

07:39 / 08.05.2025
O‘zbekistonda qancha yangi avtobus yo‘nalishlari ochilgani ma’lum qilindi

17:27 / 05.05.2025