Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyaning Suriyaga aloqador navbatdagi yolg‘oni haqida ma'lum qildi

Foto: Alex Brandon/AP
Suriyada amerikalik harbiylar ishtirokida fitna tayyorlanayotgani haqidagi ma'lumot haqiqatga zid. Bu haqda AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Nauert ma'lum qildi.
Avvalroq, Rossiya Mudofaa vazirligi AQSh koalitsiyasi Suriyada yangi aviazarbaga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar bergandi. Bunga kimyoviy moddalardan foydalanish to‘g‘risidagi sahnalashtirilgan rolik sabab bo‘lgan. Mahkama ma'lumotlariga ko‘ra, fitna amerikalik harbiylar ko‘magi bilan «Suriya ozodlik armiyasi» kuchlari tomonidan tayyorlanmoqda.
«Rossiya Mudofaa vazirligi AQSh va «Suriya ozodlik armiyasi» kuchlari Suriyada sahnalashtirilgan kimyoviy hujumga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida yolg‘on bayonotlar bermoqda», - deya yozgan Nauert tvitterda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Kimyoviy qurolni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyaga amal qilmoqda, Rossiya esa «Solsberida zaharlovchi moddadan foydalandi va Suriya prezidenti Bashar Asadni Suriyadagi muntazam kimyoviy hujumlar bo‘yicha ayblovlardan himoya qilmoqda».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyaga aviazarbalar natijasida 44 kishi halok bo‘lgani, Rossiya bunga aloqador ekanini rad etayotgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

21:50 / 15.07.2025
Suriyada yana guruhlar orasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Isroil vaziyatga aralashdi

21:23 / 15.07.2025
Qurollanishning yangi davri boshlandi. Harbiy budjeti eng katta davlatlar qaysi?

18:43 / 15.07.2025
Xitoy Trampning tahdidlaridan keyin Rossiyani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga va’da berdi

15:27 / 15.07.2025