«Oldin paxtaga olib chiqmasa, ishdan olardik». Buxoro hokimi o‘zgargan siyosat haqida gapirdi

17 aprel kuni prezident tashabbusi bilan bosh vazir Abdulla Aripov raisligida Vazirlar Mahkamasida jamoat ishlariga majburiy jalb qilishni taqiqlash, bu borada rahbarlar mas'uliyatini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda bosh vazir kun tartibidagi asosiy masala bo‘yicha har bir viloyat rahbarining axborotlarini tinglab, qabul qildi.
Aripov Qashqadaryo, Buxoro, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida majburiy mehnat va ko‘zbo‘yamachilik holatlari kuzatilganini qayd etib o‘tgandi.
Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev so‘zga chiqib, bundan buyon majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi fikrlarga qo‘shilishini bildirib, o‘zi rahbarlik qilayotgan hududda bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka va'da berdi.
«Prezidentimizning Sirdaryoda gapirgan barcha gaplarini yaxshilab eshitdik. Bu gaplardan keyin viloyatdagi rahbarlar, tumanlar va shaharlar hokimlari bilan qat'iy kelishib oldik, bundan keyin hech kimni majburiy mehnatga jalb qilmaymiz.
Prezidentimizning siyosati bunday yo‘nalishda bo‘lganidan keyin bu masalalarga jiddiy qarayapmiz.
To‘g‘risini aytish kerak, oldingi siyosatda paxtaga olib chiqmasa, ishdan olardik. Endi vaziyat boshqa. Lekin hali buni ko‘pchilik tushunib yetmayapti. Prezidentimizning oxirgi gaplaridan keyin ko‘pchilikka yetib borgan deb o‘ylayman. Hammaning mas'uliyati o‘zida. Bundan keyin vaziyatni tuzatish uchun keskin choralarni ko‘ramiz», — dedi Buxoro viloyati hokimi.
Bosh vazir uning bu so‘zlarini ma'qullab, to‘ldirib o‘tdi: «To‘g‘ri. Ha, avval o‘zimiz majbur qilardik, o‘zimiz bosh bo‘lardik. Lekin endi siyosat o‘zgardi. Yurtboshimiz xalqparvar siyosat e'lon qildi.
Prezidentimiz BMT minbarida turib avvalgi kamchiliklarni tan olgan holda, yangicha siyosat haqida e'lon qildi. Endi yeng shimarib, qonun doirasida ish olib boramiz», deya Abdulla Aripovning so‘zlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. «Real» «Atletiko»dan penaltilar seriyasida ustun keldi, «Arsenal» va «Aston Villa» ham chorakfinalda
Sport | 03:54
-
Putin Ukraina Qurolli kuchlari hujumidan beri birinchi marta Kursk oblastiga bordi
Jahon | 03:16
-
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Fransiya investitsiya kengashini ta’sis etishni taklif qildi
Jahon | 00:29
-
Jizzaxga 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

10:57 / 23.01.2025
Buxoroda 33 yoshli ayol tug‘uruqxonada vafot etdi

20:43 / 27.12.2024
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

12:33 / 13.12.2024
Buxoroda 2,6 mln dollarlik kriptoaktivlar bilan savdo qilgan 17 yoshli o‘smir ushlandi

10:24 / 02.12.2024