Aqlli shishalar binolar ichidagi harorat va yorug‘likni nazorat qiladi

Foto: FSU Jena
Germaniyadagi Fridrix Shiller nomli Yyen universiteti olimlari xonani isita oluvchi shisha prototipini namoyish qilishdi. Aqlli shishalar joriy yilning o‘zida sotuvga chiqariladi va binolar fasadiga o‘rnatiladi. Phys.org. shu haqida ma'lum qildi.
Yevropa Ittifoqida energiya xarajatlarining 40 foizi binolarni isitish, sovutish, havosini tozalash va binolarni yoritishga to‘g‘ri keladi. Yechimlardan biri — Large-Area Fluidic Windows (LaWin) energosamarali deraza shishalari loyihasi. Yyen universitetining tadqiqot guruhi 2015 yildan beri shu ish bilan shug‘ullanadi.
Deraza oynasi tugma yordamida shishani quyoshdan himoyalovchi rangga kiritish imkonini beradi, uning yuzasi esa issiqlik energiyasini quyosh nurlaridan oladi. Bunga shishaga qo‘shilgan maxsus suyuqlik hisobiga erishiladi. "Loyihamizning asosiy xususiyati oyna va fasadlarda issiqlik yoki boshqa qo‘shimcha funksiyalarni ta'minlovchi suyuqlikning qo‘llanishi hisoblanadi, - deydi loyiha koordinatori Lotar Vondarchek. - Shu maqsadda biz yangi shisha materiallarni ishlab chiqarmoqdamiz".
Oxirgi prototiplarda suyuqlikka magnit yordamida tortib olish mumkin bo‘lgan temir nanozarrachalari qo‘shiladi. "Suyuqlikdagi zarrachalar soniga qarab suyuqlikning o‘zi kulrang yoki qora tus oladi, - deydi Vondarchek. - Natijada yorug‘likni nazorat qilish va keyinchalik xonani isitishda foydalanish mumkin bo‘lgan quyosh issiqligini yig‘ish mumkin".
Tizim samarasi an'anaviy quyosh issiqlik tizimlariga o‘xshash, lekin bino fasadiga osonlikcha integratsiya qilinishi mumkin.
Mazkur loyiha 2015-2017 yillarda YeIdan 5,9 million yevro va 11 sanoat korxonasidan 2,2 million yevro miqdorida grant olgan.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rim papasining lavozimga kirishish tadbirida O‘zbekiston vakili qatnashdi
Jahon | 16:27
-
Qozog‘iston - O‘zbekiston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punkti yana 4 oyga yopildi
O‘zbekiston | 16:09
-
Prezident Toshkent metrosini TTZgacha olib borish rejalari bilan tanishdi
O‘zbekiston | 16:05
-
Prezidentga qurilish materiallari tarmog‘idagi rejalar taqdimot qilindi
O‘zbekiston | 16:02
Mavzuga oid

11:19 / 24.03.2025
Olimlar klaviaturadagi yozuviga qarab odamlarning shaxsini aniqlashni o‘rgandi

10:30 / 22.03.2025
Olimlar ob-havoni tezroq va aniqroq bashorat qilish usulini ishlab chiqdi

15:11 / 27.02.2025
Olimlar 1-tur diabetni butunlay davolash yo‘lini topdi

12:07 / 22.02.2025