Rim papasining lavozimga kirishish tadbirida O‘zbekiston vakili qatnashdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov yangi saylangan Rim papasini tabriklab, prezident Shavkat Mirziyoyevning iliq salomlarini yetkazdi.

Foto: AP
2025 yil 18 may kuni Rim papasi Leo XIV rasman lavozimga kirishdi. Tantanali tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov O‘zbekiston tomonidan rasmiy vakil sifatida qatnashdi.
Tadbirda ishtirok etish uchun 250 ming kishi Vatikan maydoni va uning atrofiga yig‘ildi. 156 ta xorijiy mamlakat, qirollik uylari va diniy konfessiyalardan delegatsiyalar vakillari qatnashdi
Marosimning rasmiy qismi yakunlanganidan so‘ng Nuriddin Ismoilov yangi saylangan Rim papasini tabriklab, prezident Shavkat Mirziyoyevning iliq salomlarini yetkazdi. O‘z navbatida, Leo XIV O‘zbekiston rahbariyati va xalqiga chuqur minnatdorlik bildirdi.
Amerikalik kardinal, 69 yoshli Robert Frensis Prevost 8 may kuni yangi Rim papasi etib saylangan edi. U o‘ziga Leo XIV ismini tanladi. Undan oldingi Rim papasi Fransisk esa 21 aprel kuni 88 yoshida vafot etdi.
Mavzuga oid

16:20 / 22.05.2025
Stubb: Vatikanda Ukraina-Rossiya muzokaralari o‘tkazilishi mumkin

22:32 / 18.05.2025
Zelenskiy Rimda Vens va Rubio bilan uchrashuv o‘tkazdi

17:22 / 18.05.2025
Vatikanda yangi Rim papasining inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi

09:37 / 08.05.2025