Jahon | 20:30 / 09.10.2017
6478
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada AQSh bosh konsulligining yana bir xodimi ushlanmoqchi

Foto: Fotolia / badahos

Turkiya prokuraturasi Anqara va Vashington o‘rtasidagi diplomatik mojaro avj olayotgan bir vaqtda AQShning Istanbuldagi bosh konsulligining yana bir xodimini ushlashga order berdi. Bu haqda NTV telekanali xabar bermoqda.  

Avvalroq AQSh bosh konsulligining xodimi Metin Topuz hibsga olingandi. Topuz FeTO tashkiloti bilan aloqadorlikda, josuslik va Turkiya hukumatini ag‘darishga urinishda ayblanmoqda. AQSh unga qo‘yilayotgan ayblovlarni asossiz va Turkiya bilan ancha yillik hamkorlik munosabatlariga putur yetkazuvchi deb hisoblamoqda. 

AQSh Topuzning qo‘lga olinishiga javob tariqasida turk fuqarolariga noimmigratsion vizalar berishni to‘xtatib qo‘ydi. O‘z navbatida Turkiya ham bunga javoban xuddi shunday chora qo‘lladi.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, ushlanmoqchi bo‘lgan amerikalik diplomat bosh konsullik binosida qolmoqda. Bu orada Turkiya huquq-tartibot idoralari uning rafiqasi va farzandini so‘roq qilmoqdalar. U Turkiya tomondan FeTO bilan aloqador deb hisoblanadigan Bank Asya bankiga pul o‘tkazib berganlikda ayblanmoqda.

Mavzuga oid