AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi
Davlat kotibi Marko Rubio Jiddadagi uchrashuvda hududiy yon berish masalasi muhokama qilinganini aytdi. Shuningdek, u rossiyaliklarni «barcha harbiy harakatlarni to‘xtatishga» chaqirdi.

Foto: AP
AQSh davlat kotibi Marko Rubio Qo‘shma Shtatlar va Ukraina Jiddadagi uchrashuvda «muzokaralar jarayoni qanday bo‘lishi»ni muhokama qilgani, shuningdek, «hududiy yon berishlar to‘g‘risida suhbat» olib borilganini ma’lum qildi.
Davlat kotibining ta’kidlashicha, AQSh 12 mart kuni «rossiyaliklar bilan aloqa o‘rnatadi». Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Rossiyadan ijobiy javob olishga umid bildirmoqda va «rossiyaliklarni barcha harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqiradi».
«Ushbu mojaroning harbiy yechimi mavjud emas», — deydi Rubio.
AQSh va Ukraina 11 mart kuni Saudiya Arabistonida muzokaralar olib bordi. Uning yakunida Kiyev Vashingtonning o‘t ochishni 30 kunga to‘xtatish rejimini joriy etish taklifiga rozi bo‘ldi. Reuters manbalarining ma’lumotlariga ko‘ra, Kreml vaqtinchalik sulha rozi bo‘lmasligi mumkin. RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Rossiya Amerika—Ukraina muzokaralari yakuni bo‘yicha berilgan bayonotni «diqqat bilan o‘rganmoqda».
Avvalroq G‘arb maxsus xizmatlari vakillarining Bloomberg agentligiga Vladimir Putin Rossiya—Ukraina urushini hal etishga bag‘ishlangan muzokaralarda yon bermoqchi emasligi haqida ma’lum qilgandi. Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Putin bosib olingan hududlar, Yevropa tinchlikparvar kuchlarining joylashtirilishi va Ukraina neytraliteti masalalarida murosaga borishga tayyor emas.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronga qarshi harbiy harakatlar butun mintaqani urush girdobiga tortish xavfini tug‘dirdi – Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston | 16:40
-
Taxtaqoracha dovonida yong‘in chiqdi
O‘zbekiston | 16:16
-
Moskvada geolokatsiyasi o‘chirilgan migrantlar ro‘yxatdan chiqariladi
Jahon | 16:13
-
G‘arbiy Qozog‘istonda sayg‘oqlarni ovlash boshlandi
Jahon | 16:00
Mavzuga oid

13:56
AQSh Kongressi Trampning «katta ajoyib» qonun loyihasini qabul qildi

10:26
Tramp Putin bilan suhbat haqida: o‘zgarish yo‘q

09:11
Pokiston va AQSh harbiy hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi

21:31 / 03.07.2025