Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubaydagi ko‘rgazmada uchar taksi va "aqlli piyodalar yo‘lagi" namoyish etiladi

Foto: Gagadget
Dubaydagi Gitex ko‘rgazmasida uchar taksi va "aqlli piyodalar yo‘lagi" namoyish etiladi. Dubay yo‘l-transport boshqarmasida shu haqida xabar berildi.
Smart Dubai maxsus stendidan mahalliy hukumatning o‘nlab yangi loyiha va tashabbuslari o‘rin oladi. Ularning orasida - Dubayda ekspluatatsiya qilinishi kutilayotgan dunyodagi ilk uchuvchisiz uchar taksi ham bor. U joriy yilning sentabrida sinovdan o‘tkazilgan.
Uchar taksi Germaniyaning o‘ta yengil toifali elektron vertolyot-multikopterlarini ishlab chiqaruvchi Volocopter kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan. Uchar taksilar Dubay hukumati dasturining bir qismiga aylanadi. Hukumat dasturiga ko‘ra, 2030 yilga borib, shahardagi barcha transport vositalarining 25 foizi avtonom boshqaruvga ega bo‘lishi kerak.
Uchuvchisiz taksilar ikki yo‘lovchiga mo‘ljallab loyihalashtirilgan.
Parvozning maksimal vaqti 30 daqiqani tashkil qiladi, o‘rtacha tezlik - 50 km/s, makismal tezlik esa - 100 km/s. Akkumulyatorni har 40 daqiqada quvvatlantirib turish kerak bo‘ladi.
"Ko‘rgazmada taksining shahar transport tizimi - metro, tramvay, avtobus, taksi va suv transporti bilan qanday integratsiyalashishi, shuningdek mazkur servisning qanday qilib maxsus mobil ilova yordamida taqdim etilishiga alohida e'tibor qaratiladi", - deya ma'lum qilindi boshqarmada.
Bundan tashqari, ko‘rgazmada "aqlli piyodalar yo‘lagi" taqdim etiladi. Bunday yo‘lakda svetoforning operatsion tizimi yerdagi optik tizimga ulangan, signal chiroqlar faoliyati bilan sinxronlashgan datchiklar orqali ishga tushiriladi.
Datchiklar piyodalar harakatini hisoblab, svetofor signalining qolgan vaqtini avtomatik ravishda to‘g‘irlaydi, bu esa piyodalarning yo‘ldan o‘tish xavfsizligini ta'minlaydi.
Gitex yakshanba kuni o‘z ishini boshladi, ko‘rgazma 12 oktabrga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Okean bo‘yidagi hayot umr ko‘rish davomiyligini uzaytirishi mumkin
Sog‘lom hayot | 22:12
-
Chorvoqdagi kurort talablari, Surxondaryodagi yong‘in va QR kodli qurilish obektlari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:02
-
Saksovulfurushlarni ta’qib qilib, hujumga uchragan inspektorlar taqdirlandi
O‘zbekiston | 21:55
-
Bangladeshda sobiq bosh vazir Shayx Hasina ustidan sirtdan sud boshlandi
Jahon | 21:32
Mavzuga oid

14:48 / 23.07.2025
Chegarasiz biznes: Dubay yagona erkin zona pasportini joriy qildi

01:29 / 12.07.2025
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi

21:38 / 16.06.2025
Dubayda aprel oyidagi janjal oqibatida ikki o‘zbekistonlik vafot etgani ma’lum bo‘ldi

08:39 / 15.06.2025