Xitoyda Weibo va Baidu servislariga qarshi tergov ishi ochildi

Foto: Reuters
Xitoy Kiberxavfsizlik ma'muriyati (CAC, internetning xitoy segmentini nazorat qiluvchi davlat organi) mamlakatning eng yirik onlayn-platformalariga qarshi tergov ishini yo‘lga qo‘ydi. Unga ko‘ra, bu platformalarda "zo‘ravonlik, terrorizm, mish-mishlar, pornografiya va milliy xavfsizlikka soya soluvchi boshqa tahdidlar" aniqlangan.
Mamlakatning uch yirik internet servisida tekshiruvlar olib boriladi: Tencent kompaniyasining WeChat messenjeri, Weibo mikrobloglar servisi (Twitter'ning xitoycha muqobili) va Baidu Tieba forumi. Kiberxavfsizlik ma'muriyati saytida shunga oid xabar berildi.
Hukumat bu uch platformani internetdagi xavfsizlik to‘g‘risidagi va qator boshqa qonun hamda qarorlarni buzishda gumon qilmoqda. Xabarda tekshiruvlar o‘tkaziladigan sana haqida ma'lumot berilmagan. CAC foydalanuvchilarni internetdagi g‘ayriqonuniy kontentlar haqida hukumatga "faol xabar berish"ga chaqirdi.
Tencent, Baidu va Weibo bu ma'lumotni tezda izohlay olishmadi, deya ta'kidlanadi Bloomberg va Reuters'da. Manbaga ko‘ra, hukumat Xitoy kompartiyasining XIX s'yezdi (yilning ikkinchi yarmida) oldidan internet-mediaga bosimni kuchaytirmoqda.
Reuters agentligiga ko‘ra, iyul oyida CAC bu uch onlayn-platforma vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan. Hukumat ulardan o‘z platformalaridagi nomaqbul kontentlar (partiya funktsionerlari haqidagi mish-mishlar, Xitoy harbiy tarixining "buzib ko‘rsatilishi" va b.)ni "tozalash va tuzatish kiritish"ni talab qilgan.
Agentlikka ko‘ra, WeChat'ning faol foydalanuvchilari soni - oyiga 940 million kishini tashkil qiladi, Weibo'da esa - 350 million kishi.
Bloomberg ma'lumotlariga ko‘ra, CAC bayonotidan keyin Tencent kompaniyasi aksiyalarining narxi 4 foizga pasaygan.
Iyul oyi o‘rtalarida Pekin mamlakat hududida WhatsApp messenjerini bloklay boshlagandi. Bu Vinni-Pux bilan bog‘liq kampaniya doirasida ro‘y bergan: xitoylik internet foydalanuvchilari mamlakat yetakchisini unga o‘xshatishgan.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Isroilga qarata yangi turdagi ballistik raketani uchirdi
Jahon | 00:36
-
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV
Jahon | 23:56 / 18.06.2025
-
XAEA rahbari Eron yadro quroli ishlab chiqarayotganiga hech qanday dalil yo‘qligini aytdi
Jahon | 23:26 / 18.06.2025
-
Shavkat Mirziyoyev «Oltin bel» cho‘qqisidagi tog‘-chang‘i kurorti loyihasi bilan tanishdi
O‘zbekiston | 23:06 / 18.06.2025
Mavzuga oid

18:33 / 18.06.2025
Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlariga 209 million dollar mablag‘ni beg‘araz ajratadi

16:30 / 18.06.2025
Unicon-Soft Xitoyning yetakchi kompaniyasi bilan kelishuv imzoladi

18:53 / 17.06.2025
Qozog‘iston prezidenti Xitoyga 1,5 ming bosh sayg‘oq sovg‘a qildi

13:59 / 17.06.2025