Fotojamlanma: O‘zbekiston harbiylari Xalqaro armiya o‘yinlarida
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi «Kun» nashriga O‘zbekiston harbiylarining Xalqaro armiya o‘yinlaridagi ishtirokiga doir suratlarni taqdim etdi.
Rossiya, Belarus, Ozarboyjon, Qozog‘iston va Xitoyning 22ta poligonida 28ta mamlakat harbiy xizmatchilari ishtirokida uchinchi xalqaro armiya o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
«ARMI – 2017» doirasida o‘tkazilayotgan 29ta tanlovning 8tasida ya'ni Rossiya Federatsiyasi hududida kechgan «Qo‘shin razvedkasi a'lochilari», «Elbrus halqasi», «Sodiq do‘st», «Xavfsiz marshrut», «Yo‘l patruli», Qozog‘istonda o‘tkazilgan «Merganlik marrasi», Xitoyda bo‘lib o‘tgan «Qurolsoz usta», «Musaffo osmon» tanlovida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilaridan iborat 8ta jamoa ilk bor ishtirok etishdi. 15tasida esa, ya'ni «Tank biatloni», «Harbiy-tibbiy estafeta», «Dala oshxonasi», «Osmon kaliti», «Avtobronetank texnikasi ustasi», «Harbiy ralli», «Muhandislik formulasi», «Rembat», «Hamdo‘stlik jangchisi», «Artilleriya ustasi», «UUA (uchuvchisiz uchish apparatlari) ekipajlari musobaqasi», «Suvorov shiddati», «Xavfsiz muhit», «Desantchilar vzvodi», «Aviadarts» kabi musobaqalarda o‘zbekistonlik harbiylar kuzatuvchi sifatida qatnashdi.
Rossiya Federatsiyasining Tyumen viloyatidagi dala-o‘quv maydonida o‘tkazilgan «Xavfsiz marshrut» musobaqasida podpolkovnik R. Baybekov yetakchiligidagi harbiy xizmatchilar jamoasi mamlakat sharafini munosib himoya qilishdi. Shu o‘rinda katta leytenant O. Quvondiqov, leytenant R. Ahmadov, serjantlar – V. Jumaqulov, Sh. Davronov, kichik serjantlar – D. Bekmatov, T. Haydarov, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askarlar – U. Musayev, E. Hasanovning uyushqoqlikda harakat qilganlarini alohida ta'kidlash lozim. Musobaqada vakillarimiz faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, Vatanimizga yorug‘ yuz bilan qaytishdi.
Harbiy muhandislar tanlovning muhandislik-razvedka dozorining suvli to‘siqlarni razvedka qilishdagi harakatlanishi, piyodalarga qarshi minalarni aniqlash va zararsizlantirish, mexanizatsiyalashtirilgan ko‘prik majmuasini yig‘ish, yo‘l o‘tkazish uchun mo‘ljallangan mashina bilan zararlangan yo‘lni tiklash hamda muhandislik mashinasi bilan yo‘l o‘tkazish kabi shartlarda bellashib, sovrinli o‘ringa sazovor bo‘lishdi.
10 avgust erta tongda Toshkent xalqaro aeroportida «Xavfsiz marshrut» tanlovi sovrindorlarini kutib olish tantanalari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Mudofaa vazirligi rahbariyati, davlat va jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari, harbiy xizmatchilarning oila a'zolari hamda o‘quvchi-yoshlar qatnashdi.
Ishtirokchilar yurtimiz sharafini xalqaro arenada munosib himoya qila olgan harbiylarimizni qizg‘in qutlashdi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
JSST: Qizamiq qaytdi va bu tashvishli signal
Jahon | 22:14
-
AQSh harbiylari Xitoyga qurollar haqidagi maxfiy ma’lumotlarni sotgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 22:06
-
“Bolalarni qo‘rqoq qilib qo‘ymasligimiz kerak” - bog‘chadagi zo‘ravonliklar haqida suhbat
Jamiyat | 21:51
-
TikTok o‘smirlar uchun cheklovlarni joriy etmoqda
Jahon | 21:50
Mavzuga oid

09:10 / 19.02.2025
Foto: Mudofaa vazirligining xalqaro ko‘rgazmadagi harbiy texnikalari

16:55 / 22.01.2025
Harbiy-strategik hamkorlik dasturi va 50 ta qo‘shma tadbir - Rossiya mudofaa vazirining O‘zbekistonga tashrifi tafsilotlari

12:38 / 05.01.2025
Foto: Toshkentda harbiy bo‘linmalar G‘alaba bog‘idan shahar markaziga qarab bayramona marsh o‘tkazdi

01:39 / 01.01.2025