Ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar tizimi barcha darajalarda isloh qilinadi

Sog‘liqni saqlashni isloh qilish davlat dasturlari amalga oshirilishi natijasida yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishning prinsipial jihatdan yangi tizimi tashkil etildi.
Respublikada ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, shu jumladan, xirurgiya, kardiologiya, ko‘z mikroxirurgiyasi, urologiya, akusherlik va ginekologiya, pediatriya, endokrinologiya, terapiya va tibbiy reabilitatsiya, dermatologiya va venerologiya, ftiziatriya va pulmonologiya (keyingi o‘rinlarda – Respublika markazlari) sohasida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va yuqori malakali vrachlar bilan to‘ldirilgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shunday bo‘lsa-da, ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish asosan Toshkent shahrida jamlangan bo‘lib, bu respublika mintaqalari aholisining tegishli xizmatlardan foydalanishini cheklab qo‘ymoqda. Zamonaviy diagnostika va maxsus tibbiyot uskunalari bilan yetarlicha jihozlanmaganlik, zamonaviy uskunalarda ishlash uchun vrachlarning yetarlicha tayyorlanmaganligi tufayli yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning ayrim turlaridan respublika aholisi foydalana olmayapti.
Shu munosabat bilan quyidagilarni nazarda tutgan holda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi barcha darajalarda isloh qilinadi:
- respublika darajasida – ixtisosli yo‘nalishlar bo‘yicha eng zamonaviy yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;
- viloyat darajasida – ixtisosli yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;
- tuman (shahar) darajasida – yangidan tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan turdosh bo‘limlar negizida ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;
- birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etish darajasida – maxsus tasdiqlangan jadval bo‘yicha tuman (shahar) va viloyat darajasidagi tashkilotlarning tor ixtisosli mutaxassislari tomonidan konsultatsiyalar berilishini, shuningdek, davolash va konsultativ-diagnostika yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning ayrim turlarini ko‘rsatish.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Malayziya O‘zbekistonda ekspluatatsiyadan chiqqan vagonlarni ta’mirlaydi
O‘zbekiston | 12:42
-
YeI yangi mudofaa loyihalariga qariyb 1 milliard yevro sarflaydi
Jahon | 12:40
-
Elektron tijoratda kurerlik faoliyatini tartibga solish rejalashtirilyapti
O‘zbekiston | 12:28
-
Xitoy bojlardan ozod qilinadigan AQSh tovarlari ro‘yxatini tuzdi
Jahon | 12:26
Mavzuga oid

19:37 / 09.04.2025
Limonchilik sohasini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi

08:24 / 28.03.2024
Jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimi joriy etiladi

08:14 / 19.09.2023
Advokatlarni elektron tizim orqali tanlash tartibi joriy etilmoqda

08:09 / 31.05.2023