O‘zbekiston | 08:09 / 31.05.2023
3391
2 daqiqa o‘qiladi

“IT-monitoring” - davlat axborot tizimlari ish samaradorligini monitoring qilish tizimi ishga tushadi 

Respublikada “IT-monitoring” - davlat axborot tizim va resurslari ish samaradorligini monitoring qilish axborot tizimi ishga tushiriladi.  

Foto: Vitaliy Nevar

“Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi
  
2024 yilning yakuniga qadar davlat organlari va tashkilotlarning Axborot tizimlari va resurslarini integratsiya qilish orqali “IT-monitoring” tizimi ishlab chiqiladi va bosqichma-bosqich joriy etish ishlari amalga oshiriladi. 

Bunda:    

  • respublikada aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda foydalaniladigan axborot tizimlari va axborot resurslaridagi to‘xtalishlar va uzilishlarni real vaqtda aniqlash hamda bartaraf etilishi nazorat qilinadi; 
  • elektron hukumat infratuzilmasi va elektron davlat xizmatlarining 24/7 rejimida onlayn monitoring qilinadi;  
  • davlat organlari, tashkilotlari va boshqa idoralarning barqaror IT-indeksini shakllantiriladi; 
  • elektron davlat xizmatlarini real vaqtda barqaror ishlashi va aholiga xizmatlar ko‘rsatilishi nazorat qilinadi; 
  • monitoring jarayonlari to‘liq avtomatlashtiriladi va mazkur jarayonda inson omili kamaytiriladi.

Mavzuga oid