Jahon | 12:26 / 01.05.2025
2024
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy bojlardan ozod qilinadigan AQSh tovarlari ro‘yxatini tuzdi

Pekin 125 foizlik tariflardan ozod qilinadigan Amerika tovarlari ro‘yxatini tayyorladi. Xitoy rasmiylari bu haqda jimgina tegishli kompaniyalarni xabardor qilmoqda, deya xabar berdi Reuters.

Foto: Aleksey BULATOV

Xitoy 125 foizlik boj qo‘llanmaydigan AQShda ishlab chiqarilgan tovarlar ro‘yxatini tayyorladi va tegishli kompaniyalarni «jimgina» xabardor qilmoqda. Bu haqda Reuters 30 aprel, chorshanba kuni ikki manbaga tayangan holda xabar berdi.

Amerika dori vositalarini sotuvchi farmatsevtika kompaniyasida ishlaydigan agentlik manbalaridan biri Xitoy rasmiylari ro‘yxat bo‘yicha uning kompaniyasi bilan shaxsiy aloqaga chiqqanini aytdi. Uning ta’kidlashicha, kompaniya bir qator dori vositalarini ishlab chiqarishda Amerika texnologiyalaridan foydalangani uchun avvalroq bojlardan ozod qilishni so‘ragan.

Boshqa bir manba ta’kidlashicha, Xitoyning sharqiy mintaqasida rasmiylar bir guruh xorijiy biznes lobbichilaridan xavflarni baholash uchun «tariflar keskinligi tufayli yuzaga kelgan barcha muhim vaziyatlar haqida xabar berishni» so‘ragan. Bundan tashqari, janubi-sharqdagi to‘qimachilik va chip ishlab chiqaruvchilarga AQSh va Xitoy tomonidan joriy qilingan tariflarning ta’sirini baholash uchun so‘rovnoma yuborildi.

Ushbu yondashuv AQSh 145 foizlik bojlarni bekor qilmasa, oxirigacha kurashishga tayyorligini bir necha bor ta’kidlagan Pekinga imtiyozlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun amaliy qadamlar qo‘ygan holda qat’iy jamoatchilik pozitsiyasini saqlab qolish imkonini beradi, deb ta’kidlaydi Reuters.

Mavzuga oid