Xususiy klinikalar zimmasiga 9 toifadagi fuqarolarni bepul davolash yuklatiladi

Foto: O‘zA
Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining «Soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar hisobidan xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan aholi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi Qarori loyihasi e'lon qilindi. Bu haqda Norma.uz yozmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 1.04.2017 yildagi PQ–2863-son «Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori bilan aholiga pullik xizmat ko‘rsatuvchi xususiy tibbiy tashkilotlar (stomatologik va kosmetologik klinikalardan tashqari), xorijiy investorlar ishtirokidagi xususiy tibbiy tashkilotlar 1.01.2022 yilgacha barcha turdagi soliqlar hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish sharti bilan ozod etilgan:
• tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy, muhandislik-texnik uskunalar bilan jihozlash, ularga servis-texnik xizmat ko‘rsatish, tibbiyot maqsadlari uchun ehtiyot qismlar, materiallar, inventar va boshqa buyumlar xarid qilish;
• tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun yangi binolar qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash;
• aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish.
Xususiy tibbiyot tashkilotlari (stomatologiya va kosmetologiyadan tashqari)da bepul tibbiy yordam quyidagi shaxslarga ko‘rsatilishi ko‘zda tutilgan:
1. Bolalikdan nogironlar;
2. Chin yetimlar;
3. I va II guruh nogironlari;
4. 1941 -1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;
5. Yoshga oid pensiyaga chiqqan ishlamaydigan shaxslar;
6. 1941-1945 yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari;
7. Chernobil AESi falokatini tugatishda ishtirok etgan shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironlar;
8. Baynalmilalchi jangchilar;
9. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan moddiy yordam oluvchi kam ta'minlangan oilalarga mansub shaxslar.
Mazkur toifadagi shaxslarga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish majburiy xisoblanadi. Xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan fuqaroga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga murojaat etuvchida uning shaxsini hamda imtiyozli toifaga mansubligini tasdiqlovchi xujjatlarning mavjudligi asos bo‘ladi.
Bepul ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning turlari va xajmi litsenziyada ko‘rsatilgan ixtisosliklar doirasida tashxis qo‘yish va davolash imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Ammo uning xajmi bundan avvalgi yil yakunlari bo‘yicha soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida haqiqatda bo‘shagan jami mablag‘larning 25%dan kam bo‘lmagan qismini tashkil etishi lozim. Bunda sarflanadigan mablag‘lar umumiy hajmi - mazkur xususiy tibbiyot tashkilotida tibbiy xizmatlarga belgilangan o‘rtacha narxlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan imtiyozli toifadagi shaxslarga ko‘rsatilishi rejalashtirilgan bepul tibbiy xizmatlarning yillik taqsimoti to‘g‘risidagi axborot tashkilotga kiraverishda, ma'lumotlar peshtaxtasida joylashtiriladi. Mazkur ma'lumotlar xususiy tibbiyot tashkiloti tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligining saytidagi maxsus elektron bazaga kiritib boriladi.
Loyiha davlat tilida tayyorlangan va u o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xorijiy jurnalistlarni senzura qilayotgan Isroil, o‘ziga «muhlat bergan» Tramp va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyor Putin – kun dayjesti
Jahon | 13:27
-
To‘rtta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 12:36
-
«Inter Mayami» Messining shedevri bilan kambek qildi, «PSJ»da sensatsion mag‘lubiyat
Sport | 12:31
-
YeIning qator davlatlari Isroil aholi punktlari bilan savdo qilmaslikni talab etmoqda
Jahon | 12:11
Mavzuga oid

17:00 / 25.04.2025
Xususiy klinikalarni tekshirish bo‘yicha SSVning vakolatlari kengaytirilishi mumkin

09:47 / 22.04.2025
Buxoroda xususiy klinikada 11 yoshli bola vafot etgani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

19:27 / 21.04.2025
Farg‘onadagi xususiy klinikaga burun operatsiyasi uchun borgan departament xodimi vafot etdi

08:53 / 20.04.2025