Buxoroda xususiy klinikada 11 yoshli bola vafot etgani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Jinoyat ishi kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik bo‘yicha qo‘zg‘atilgan. Bosh prokuratura barcha zarur tergov harakatlari o‘tkazilganidan so‘ng ish bo‘yicha qonuniy to‘xtamga kelinishini bildirdi.

Foto: Videodan kadr
Buxoro shahridagi xususiy klinikada tibbiy muolaja olgan 11 yoshli bola vafot etganligi holati yuzasidan tekshirish o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlarni tekshirish hamda bir qator tergov harakatlari o‘tkazish lozimligi inobatga olinib, Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, barcha zarur tergov harakatlari o‘tkazilganidan so‘ng ish bo‘yicha qonuniy to‘xtamga kelinishi bildirilgan.
Bola xususiy klinikaga shamollagani uchun olib borilgan. Ammo tibbiy muolajadan so‘ng u vafot etgan. Marhumning yaqinlari uning o‘limida klinika shifokorlarini ayblagan.
Mavzuga oid

16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi

14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi

14:03 / 11.05.2025