Litsey bitiruvchisiga mutaxassislik qachon va qaysi shartlarda beriladi?
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb ta'limi markazining (10.05.2017 yildagi №2882 sonli) qarori bilan akademik bitiruvchilariga mutaxassisliklar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar qilmoqda.
Ma'lumki, akademik litseylarni tugatuvchilarga alohida kasb mutaxassisliklarini taqdim etish Prezidentning 2017 yil 14 martdagi PQ–2829 qaroriga ilova qilingan ro‘yxat asosida amalga oshiriladi. Shunga ko‘ra, litsey o‘quvchilariga aniq bir mutaxassislik taqdim etish murabbiylar kengashi qarori bilan tasdiqlanadi.
Ta'kidlash joiz, akademik litseylarda mutaxassislik maxsus fan sifatida o‘rgatiladi. Litsey o‘quvchilarining maxsus fan bo‘yicha nazariy bilimi Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining bilimi, iqtidori va ko‘nikmalari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risidagi (19.05.2008 yildagi №1812 sonli) nizomga muvofiq aniqlanadi.
Litsey o‘quvchilarining maxsus fanni qay darajada o‘zlashtirganligini aniqlash uchun amaliy imtihon o‘tkaziladi. Imtihonlar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi jadvali 15 kun avval e'lonlar taxtasiga osib qo‘yiladi.
Imtihon chiptasida bitta amaliy topshiriq beriladi. Uni bajarish uchun o‘quvchiga 15 daqiqa beriladi. O‘rtacha arifmetik bahosi «3» balldan kam bo‘lgan o‘quvchi imtihondan o‘tmagan hisoblanadi. Imtihondan o‘ta olmagan yoki uzrli sababga ko‘ra imtihonga kela olmagan o‘quvchi litseyni tugatganligi bo‘yicha diplom topshirilgunicha, imtihonni qayta topshirishi mumkin.
Litsey o‘quvchisi imtihon natijasidan norozi bo‘lsa, imtihon natijasi e'lon qilinganidan so‘ng 24 soat mobaynida apellyatsiya bildirishi mumkin. Apellyatsiya komissiyasi uning murojaatini 24 soat ichida ko‘rib chiqishi kerak.
Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchilarga (o‘rtacha bahosi «3» ball va undan yuqori) mutaxassislik bo‘yicha davlat namunasidagi sertifikat beriladi. Ushbu sertifikat ikkinchi o‘rta maxsus ta'lim olganini anglatmaydi, aksincha mehnat faoliyati davomida olgan bilimlarini qo‘llashga huquq beradi.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 15 mayidan kuchga kirgan.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xolokostdan omon qolgan 97 yoshli keksa ayol universitet talabasiga aylandi
Jahon | 01:16
-
Istanbuldagi muzokaralar 16 mayga ko‘chirildi. Zelenskiy Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 00:53
-
9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 23:58 / 15.05.2025
-
Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimdan olindi
Jahon | 23:46 / 15.05.2025
Mavzuga oid

10:30 / 11.12.2024
O‘zbekiston yoshlari Germaniya tajribasi asosida kasbga o‘qitiladi va ishga joylashtiriladi

09:18 / 08.11.2023
O‘zbekistonda 20 mingdan ortiq xodim kasb kasalliklari bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

08:38 / 31.08.2023
O‘quvchilarni kasbga o‘qitishning Oqdaryo tajribasi respublika bo‘yicha tatbiq etiladi

08:44 / 21.06.2023