Farg‘onadan Shohimardonga avtobus qatnovi tiklandi

Foto: uCoz
Farg‘ona shahrini viloyatning Shohimardon qishlog‘i bilan bog‘lovchi avtobus qatnovi qayta yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
«Farg‘ona — Shohimardon» yo‘nalishi bo‘yicha avtobuslar qatnovi 2013 yilning avgust oyida to‘xtagandi. 25 apreldan boshlab Farg‘ona viloyati hokimining shaxsiy tashabbusi bilan agentlikning viloyat bo‘limi hamkorligida ushbu yo‘nalishda qatnov qayta yo‘lga qo‘yilgan.
Yo‘nalishda 2ta Isuzu avtobusi qatnamoqda va unga «Farg‘ona Oltin Vodiy Navkari» MChJ xizmat ko‘rsatmoqda.
«Avtobus yo‘nalishi qayta yo‘lga qo‘yilishi natijasida Shohimardon aholisining tuman, viloyat markazi va viloyatning boshqa hududlari bilan aloqani yaxshilash, talabalarning o‘quv maskanlariga, aholining davolanish uchun markazdagi shifoxonalarga kelib ketishiga va boshqa yumushlarni bajarishiga qulay shart-sharoitlar yaratildi», deyilgan xabarda.
Kelgusida yo‘nalishdagi avtobuslar sonini 4taga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid

17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?

12:15 / 28.04.2025
Farg‘onada 1 maydan ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshadi

00:43 / 25.04.2025
Yaponiyada salkam 30 yil avtobus boshqargan haydovchi 7 dollar o‘g‘irlagani uchun ishdan bo‘shatildi

19:52 / 24.04.2025