O‘zbekiston | 12:15 / 28.04.2025
1944
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada 1 maydan ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshadi

Farg‘ona viloyatida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun yangi narxlar tasdiqlandi.

Foto: Kun.uz

Viloyat hokimligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, xalq deputatlari viloyat kengashining tegishli qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 1 maydan boshlab bir metr kub ichimlik suvi narxi:

  • aholi uchun — 3448 so‘m (amalda — 2128 so‘m);
  • budjet va boshqa tashkilotlar uchun — 6944 so‘m (3350 so‘m).

Oqova suvi xizmatiga:

  • aholi uchun — 728 so‘m (amalda — 504 so‘m);
  • budjet va boshqa tashkilotlar uchun — 1736 so‘m (870 so‘m) bo‘ladi.

Bunda, ushbu narxlar QQSni hisobga olgan holda keltirilgan.

Mavzuga oid