Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pasport berish tizimi modernizatsiya qilinadi

O‘zbekiston Davlat personallashtirish markazi o‘z imkoniyatlarini modernizatsiya qiladi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Davlat personallashtirish markazi byudjyetdan tashqari hisob raqamiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasport, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga biometrik hujjatlar taqdim etilgani uchun kelib tushadigan mablag‘larni xarajat qilish tartibiga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Endilikda, jumladan, mazkur mablag‘lar:
- Biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish uchun import jihozlar va dasturiy ta'minot sotib olish (oldin — ishlab chiqarish jihozini ta'mirlash uchun ehtiyot qismlar xarid qilish);
- Biometrik pasport tizimi jihozlari va dasturiy ta'minotiga texnik xizmat ko‘rsatish qiymatini to‘lashga (oldin — faqat xorijiy pudratchilar tomonidan) yo‘naltirilishi mumkin.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun davlat boji summasining 60 foizi miqdoridagi mablag‘lar Davlat personallashtirish markazining byudjyetdan tashqari hisob raqamiga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, yaqin yillarda O‘zbekistonda pasport berish tizimida jiddiy islohotlar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Xususan, ichki va xorijga chiqish pasportlari joriy qilinishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonning Belarusdagi turizm elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 08:51
-
Rossiya armiyasi haqidagi «feyklar» ishi bo‘yicha ayblanuvchilar «terrorchilar ro‘yxati»ga kirdi
Jahon | 08:40
-
Qirg‘iziston O‘zbekistonda kigiz mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi
Iqtisodiyot | 08:30
-
AQSh sobiq davlat kotibi Rays Trampning Rossiyaga ultimatumini qo‘llab-quvvatladi
Jahon | 08:18
Mavzuga oid

15:59 / 18.04.2025
Urganch xalqaro aeroportini Janubiy Koreya kompaniyasi modernizatsiya qiladi

12:59 / 11.01.2025
«Eng kuchli» pasportlar reytingi. Singapur yetakchi, O‘zbekiston 80-o‘rinda

17:33 / 07.12.2024
Kipr Putinning sobiq kursdoshiga berilgan «oltin pasport»ni olib qo‘ymadi

17:27 / 26.11.2024