Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Belarusdagi turizm elchisi tayinlandi
O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Yakub Kolas nomidagi Davlat adabiy-memorial muzeyi bilan hamkorlikda "O‘lka – O‘zbekistonning do‘sti" mavzusida madaniy tadbir tashkil etildi.

Foto: "Dunyo" AA
Tadbir avvalida Vasilina Mitskevichga O‘zbekistonning turizm elchisi etib tayinlangani to‘g‘risidagi sertifikatni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
– O‘zbekistonning turizm elchisi lavozimiga munosib ko‘rilganimdan juda xursandman, – dedi Yakub Kolasning evarasi, muzey fondlarining bosh saqlovchisi Vasilina Mitskevich. – Faoliyatimda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlashni maqsad qilganman. O‘z ko‘zlarim bilan ko‘rgan va bilgan ko‘p asrlik tarixga ega O‘zbekistonning go‘zalligi va betakrorligini hamyurtlarimga yetkazishda davom etib, sayyohlar oqimini ko‘paytirishga hissa qo‘sha olaman deb umid qilaman. O‘zbekiston elchixonasi bilan birgalikda amalga oshiradigan aniq rejalarni belgilab olganmiz. Ularni birgalikda, albatta amalga oshiramiz.
Tadbir davomida "Belarusfilm" kinostudiyasi tomonidan suratga olingan atoqli shoir Yakub Kolasning Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonda o‘tkazgan yillariga bag‘ishlangan "Tashkenskaya torba" nomli hujjatli filmning premerasi bo‘lib o‘tdi. "Tashkenskaya torba" noyob hujjatli film bo‘lib, ushbu kartina ikki mamlakat ijodkorlari hamkorligida suratga olingan.
O‘zbekiston elchisi Rahmatulla Nazarov o‘z chiqishida, Yakub Kolas o‘zbek xalqining ham sevimli shoiri ekanligini ta’kidladi. "Chunki O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi davrida Yakub Kolas O‘zbekistonga yashadi va yurtimizni o‘z vatanidek ko‘rdi, – dedi O‘zbekiston rasmiy vakili. – U butun umri davomida o‘zbek xalqi ko‘rsatgan bag‘rikenglikni, chin insoniy munosabatlarni tarannum etdi. Adib ikki yarim yil Toshkentda yashadi va ko‘plab o‘zbek yozuvchilari bilan do‘stona munosabatlarni o‘rnatdi. Taniqli belarus shoiri mamlakatlarimiz o‘rtasidagi adabiyot va madaniyat sohalaridagi munosabatlarni mustahkamlashda ham ulkan hissa qo‘shdi".
Anjuman davomida muzey mehmonlari ko‘plab qiziqarli eksponatlarni ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi. Jumladan, Yakub Kolas O‘zbekistondan o‘zi bilan olib kelgan anjomlar, Ikkinchi jahon urushi yillarida Toshkentda nashr etilgan kitoblar namoyish etildi.
Tavsiya etamiz
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45 / 29.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy AQSh tahdidiga qaramay, Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmadi
Jahon | 23:46 / 30.07.2025
-
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi
Jahon | 23:20 / 30.07.2025
-
Uy quruvchilarining “qora” ro‘yxati, rus ovchilarining o‘ljasi va issiqxonalarga qo‘llov – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:52 / 30.07.2025
-
Nozimaxon Davletova Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti bo‘ldi
O‘zbekiston | 22:27 / 30.07.2025
Mavzuga oid

07:53 / 28.07.2025
Germaniya IIV Rossiya fuqarolariga gumvizalar berish to‘xtatilganini tasdiqladi

17:49 / 26.07.2025
Belarus kiberfiribgarlari pullarning bir qismini O‘zbekistonga yuborgani ma’lum bo‘ldi

09:08 / 24.07.2025
O‘zbekiston energetika sohasiga mikroinvestitsiyalar jalb qilinadi

11:10 / 23.07.2025