Sport | 13:59 / 16.02.2017
4442
1 daqiqa o‘qiladi

MXLda afsonaviy xokkeychilardan biri qariyb 2000 ochko to‘pladi

AQShning “Florida” xokkey jamoasi hujumchisi Yaromir Yagr Milliy xokkey ligasining doimiy chempionatidagi “San-Xose”ga qarshi kechgan bahsda (6:5 OT) faoliyatidagi 1900 ochkoni qo‘lga kiritdi. U mehmonda o‘tgan bellashuvning uchinchi bo‘limida gol bilan yakunlangan uzatma berdi.

Shu tariqa, 45 yoshli chexiyalik mashhur xokkeychi liga tarixida bu ko‘rsatkichga erishgan ikkinchi o‘yinchiga aylandi. O‘z faoliyati davomida bundan ham ko‘proq ochkoni faqatgina afsonaviy Ueyn Grettski yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan – 2857.

Shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, Yagr bunday natijani o‘z tug‘ilgan kunida qayd etdi.

Mavzuga oid