Surxondaryo viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Bugun Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
«Kun» manbasi ma'lum qilishicha, sessiyada shu kungacha Navoiy viloyati hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov Surxondaryo viloyatiga yangi hokim etib tayinlandi.
Hozircha Surxondaryo viloyati hokimligi saytida bu haqda ma'lumot yo‘q.
2015 yil yanvarida viloyat hokimi etib tayinlangan Tojimurod Normurodovich Mamaraimov viloyatning Qiziriq tumani rahbarligiga o‘tkazilgan.
Ma'lumot uchun, joriy yilning 24 sentabr kuni Surxondaryo viloyatida besh tuman hokimi ishdan bo‘shatilgan edi.
Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov 1969 yili Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. 1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi. Oilali, uch nafar farzandi bor.
Mehnat faoliyati:
1991-1993 yy. - “O‘zsanoatqurilishbanki” Sirdaryo filiali qarz reja bo‘limi mutaxassisi, investitsiya qurilish va ta'minot tashkilotlarini moliyalashtirish va qarz berish bo‘limi bosh mutaxassisi, pul muomalasi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari;
1993-1995 yy. - “O‘zsanoatqurilishbanki” Zarafshon bo‘limi boshqaruvchisi;
1995-1996 yy. - Zarafshon shahar hokimi o‘rinbosari;
1996-2000 yy. - Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Navoiy bo‘limi boshqaruvchisi;
2000-2008 yy. - Xatirchi tumani hokimi;
2008-2008 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining qishloqda iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari;
2008 yildan 2016 yilgacha - Navoiy viloyati hokimi.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel”dan “CHILLA SALE” - faqat 1-2 iyul kunlari 50%gacha chegirma!
Jamiyat | 19:00
-
Farg‘onada portlagan propan shoxobchasi rahbari sudda qanday ko‘rsatma bergan?
O‘zbekiston | 21:58
-
Toshkent viloyatida 4 gektar yerni 300 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 21:54
-
Gretsiyada bolalarni tamaki olib kelishga yuborganlarni jinoiy javobgarlikka tortish boshlanadi
Jahon | 21:51
Mavzuga oid

14:22
Termizda 219 tup daraxt noqonuniy kesildi

23:30 / 24.06.2025
Surxondaryo viloyati FVBga yangi boshliq tayinlandi

09:46 / 16.06.2025
Prezident: "Har bir hokim topshiriq kutmasdan, o‘zi tashabbus ko‘rsatib ishlashga o‘tishi shart"

21:16 / 11.06.2025