North Face va Esprit hammuallifi bevasi Argentinaga 23,7 ming gektardan yer tortiq qildi

Amerikalik milliarder va atrof-muhit himoyachisi Duglas Tompkinsning bevasi Argentinaga 23,7 ming gektar yer hadya qildi. Respublika prezidenti Maurisio Makrining ma'lum qilishicha, yer maydonlari mamlakatning shimoli-sharqidagi Korriyentes provinsiyasida yaratilishi rejalashtirilayotgan Iberning Ekosayyohlik parkiga qo‘shiladi.
Davlat rahbari tabiatni muhofaza qiluvchi yangi loyiha Argentinadagi eng katta milliy park bo‘lishini ta'kidladi. Hukumat rejasiga ko‘ra, parkning yaratilishi qo‘shimcha sayyohlar oqimini jalb qiladi va 20 ming yangi ish o‘rinlari yaratilishini ta'minlaydi. Yaqin uch yilda Kristin Makdevit-Tompkins boshchiligidagi Conservation Land Trust fondi Argentina hukumatiga yana 120 ming gektardan ortiq yer tortiq qilishi rejalashtirmoqda.
2016 yilning yanvarida Makdevit-Tompkins mamlakat janubida milliy park yaratilishi sharti bilan Chili davlatiga 400 ming gektar yer sovg‘a qilishi haqida ma'lum qilgandi.
Amerikalik millioner North Face va Esprit libos rusumlari asoschilaridan biri bo‘lgan. 1980 yillarda u tadbirkorlik faoliyatini tugallab, Chili janubiga ko‘chib o‘tgan va tabiatni muhofaza qiluvchi loyihalar bilan shug‘ullangan. Tompkins kelajakda milliy parklar yaratish maqsadida Chili va Argentina Patagoniyasida katta hududlarni xarid qilgan.
Millioner 2015 yilda sovuq o‘tishi natijasida halok bo‘lgan. U hamda bir necha sayyoh bo‘lgan qayiq Chili va Argentina chegarasidagi Heneral-Kerrera ko‘lida ag‘darilib ketgan. Vertolyotda yetib kelgan qutqaruvchilar 72 yoshli Tompkinsni shifoxonaga yetkazishdi, biroq uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
XAEA rahbari Eron yadro quroli ishlab chiqarayotganiga hech qanday dalil yo‘qligini aytdi
Jahon | 23:26
-
Shavkat Mirziyoyev «Oltin bel» cho‘qqisidagi tog‘-chang‘i kurorti loyihasi bilan tanishdi
Jahon | 23:06
-
Eronda internetga kirish cheklab qo‘yildi
Jahon | 22:21
-
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13
Mavzuga oid

18:36 / 11.06.2025
Argentina sobiq prezidenti Kristina Kirshner 6 yillik qamoqqa hukm qilindi

17:15 / 10.06.2025
“Ekishni xohlamaganlarning yeri xitoyliklarga beriladi” – Urgutda fermerlar shunday ogohlantirildi

18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi

14:57 / 19.05.2025