Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti
Aprel oyida O‘zbekiston aholisiga sezilgan inflatsiya 14,4 foizni tashkil etdi. Markaziy bank so‘rovnomasida qatnashganlarning katta qismi go‘sht va sut hamda elektr va tabiiy gaz narxlari yuqori darajada o‘sganini ta’kidlagan. Oy davomida o‘simlik yog‘i, dorilar, qurilish mollari, kafe-restoran xizmatlari, tibbiy xizmatlar narxlarida o‘sishni sezganlar ulushi ham ko‘paygan.

Foto: Getty Images
Markaziy bank aprel oyi uchun aholi va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan sezilgan inflatsiya darajasiga oid so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi 14,4 foizni tashkil qilgan. Hududlar kesimida inflatsiyaning eng yuqori darajasi Toshkent shahri (18,2 foiz) va Andijon viloyatida (16,4 foiz), eng past darajasi esa Navoiy viloyati (12,8 foiz) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (12,4 foiz) sezilgan.
So‘rovnomada qatnashganlarning katta qismi go‘sht va sut hamda elektr va tabiiy gaz narxi yuqori darajada o‘sganini ta’kidlagan.
Shuningdek, oy davomida benzin va yoqilg‘i, meva-sabzavotlar, o‘simlik yog‘i, dorilar, qurilish mollari, kafe-restoran xizmatlari, tibbiy xizmatlar, ijara haqi, ta’lim xizmatlari, shakar va qandolat, ta’mirlash, maishiy xizmatlar narxlarida yuqori darajada o‘sishni sezganlar ulushi ko‘paygan.
Daromadga ega bo‘lmaganlar va daromadlari 5 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori darajada shakllangan. Xususan, 15 mln so‘mdan ko‘p daromad egalari sezgan inflatsiya 19,6 foizni tashkil qilgan.
Avvalroq aprel oyida iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 10,1 foizni tashkil etgani xabar qilingandi. O‘tgan oyda sezilgan va rasmiy inflatsiya o‘rtasidagi farq 4,3 foiz bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

21:38 / 22.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?

20:29 / 21.07.2025
Markaziy bank oxirgi bir yilda narxlari eng ko‘p o‘zgargan tovarlarni ma’lum qildi

20:58 / 15.07.2025
Birjada Ai-80 benzini narxi tarixiy maksimumga yetdi

14:17 / 15.07.2025