Energiya samaradorligi milliy agentligi nimalar bilan shug‘ullanadi?
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: Xalq so‘zi
Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Agentlik energiya samaradorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, sohada rag‘batlantiruvchi va ta’sir etuvchi choralarni ishlab chiqish va tartibga solish davlat siyosatini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Agentlikning asosiy vazifalari:
- energiya tejashdan daromad oluvchi energiya servis kompaniyalari xizmatlari bozorini rivojlantirish;
- energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan loyihalar portfelini shakllantirish va ularni amalga oshirish uchun xususiy investitsiyalarni jalb qilish;
- energiya samaradorligini oshirish sohasida professional kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini baholab borishni tashkil qilish;
- aholi va tadbirkorlar o‘rtasida energiya resurslaridan oqilona foydalanish va isrof qilmaslikka asoslangan turmush tarzi va fe’l-atvorni shakllantirishga qaratilgan energiya iste’moli madaniyatini oshirish axborot kampaniyalarini tashkil etish va moliyalashtirish.
Agentlikning Energiya samaradorligini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanmoqda.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan energiya samaradorligini oshirish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida monitoring qilish, targ‘ibot ishlarini tashkil etish, mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borishga yo‘naltirilgan energiya samaradorligini oshirish bilan bog‘liq tadbirlar va loyihalar moliyalashtiriladi.
Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
- davlat ulushi bo‘yicha dividendlar hisobidan neft-gaz va elektr energetikasi tarmoqlari korxonalarining sof foydasidan 5 foiz miqdoridagi o‘tkazmalar;
- xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kreditlari va grantlari;
- Jamg‘arma aktivlarini boshqarish, shu jumladan, bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitiga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
- yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
- qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Parkentda uch bola cho‘kib ketgani yuzasidan jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 11:24
-
🔴LIVE:Isroil–Eron urushi uchinchi kunga o‘tdi. Voqealar qanday rivojlanmoqda?
Jahon | 11:12
-
Yaqin Sharqdagi «porox to‘ldirilgan bochka». Isroil va Eron ziddiyati tarixi
Jahon | 10:46
-
Rossiya Ukraina shaharlarini o‘qqa tutishni kuchaytirdi - fotolar
Jahon | 10:45
Mavzuga oid

11:33 / 19.03.2025
Germaniyada o‘zbek bolalariga tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan jamg‘arma tashkil etildi

12:21 / 18.03.2025
Kambag‘allikni qisqartirish jamg‘armasining vazifalari belgilandi

15:50 / 17.03.2025
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi

15:18 / 06.03.2025