Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi
Agentlik Prezident administratsiyasi huzurida faoliyat yuritadi va ta’lim sifatini nazorat qiluvchi organ hisoblanadi.

Foto: Getty images
«Ta’lim sohasida loyihalar markazi» loyiha ofisi negizida Prezident Administratsiyasi huzurida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi. Davlat rahbarining bu boradagi tegishli farmoni qabul qilindi.
Farmonda belgilanishicha, agentlik o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning masalasini oshirish, malakalarni baholash sohalarida tashqi sifat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti agentlik tizimiga o‘tkaziladi.
Agentlik direktori prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod qilinadi hamda uning maqomi prezident maslahatchisi o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Shuningdek, 2025 yil 1 iyuldan boshlab yangi tashkil etiladigan ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqichda faoliyatni boshlash uchun o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim tashkilotlari o‘rnatilgan tartibda litsenziyalanadi, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim tashkilotlari xabardor qilish tartibida tashkil etiladi;
ikkinchi bosqichda ta’lim tashkilotlarining kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladigan ta’lim dasturlari (kasblar, ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar, ixtisosliklar, kurslar) maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi. Bunda:
- maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tmagan ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim oluvchilarni o‘qishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;
- maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tmasdan qabul jarayonini amalga oshirish litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzish deb baholanadi va ta’lim tashkilotiga berilgan litsenziyaning bekor qilinishiga (faoliyati to‘xtatilishiga) asos bo‘ladi.
Mavzuga oid

19:37 / 02.12.2024
Rossiya elchixonasi rus OAV vakillarini O‘zbekiston qonunlariga rioya qilishga chaqirdi

09:36 / 24.11.2023
O‘zbekiston elchisi YeXHT huzurida akkreditatsiyadan o‘tdi

08:36 / 25.01.2021
Tibbiyot muassasalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi

14:10 / 09.07.2019