Tibbiyot muassasalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasining «Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Norma’ning yozishicha, qarorga muvofiq 2022 yil 1 yanvardan boshlab tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan o‘tkazish mexanizmi joriy etiladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish va sog‘liqni saqlash sohasida ekspertlarni sertifikatlash bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi:
- tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi;
- tibbiyot tashkilotlarining akkreditatsiya sohasini kengaytirish va qisqartirish tartibi;
- akkreditatsiyadan o‘tkazilgan tibbiyot tashkilotlari faoliyati ustidan inspeksiya nazorati;
- akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma amal qilishini to‘xtatib turish (tiklash), tugatish tartibi;
- akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish tartibi;
- akkreditatsiyalovchi organning akkreditatsiya sohasidagi xizmatlariga haq to‘lash tartibi;
- akkreditatsiya yoki inspeksiya nazorati bo‘yicha qabul qilingan qaror yuzasidan apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish tartibi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot tashkilotini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha komissiya tashkil etiladi, shuningdek akkreditatsiyadan o‘tgan sog‘liqni saqlash tashkilotlari, ekspertlar va texnik ekspertlar reyestri shakllantiriladi.
«Sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish» axborot kompleks tizimi 2022 yil 1 yanvarga qadar shakllantiriladi va u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- akkreditatsiyadan o‘tkazilgan tibbiyot tashkilotlarining elektron bazasini;
- Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazadigan mustaqil ekspertlar va texnik ekspertlar reyestrini.
Akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun murojaat qilishdan oldin tibbiyot muassasasi akkreditatsiya standartlariga muvofiqlik yuzasidan o‘zini o‘zi baholaydi. Akkreditatsiyadan o‘tish uchun tibbiyot tashkilotlari DXM yoki YaIDXP orqali elektron shakldagi arizani taqdim etadi. Bunda 2 BHM miqdorida to‘lov to‘lanishi lozim. Bundan tashqari, o‘zini o‘zi baholash natijalarini ko‘rib chiqish va hujjatlar ekspertizasi uchun tuzilgan shartnomada belgilangan narxning 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda bo‘nak to‘lovi to‘lanadi.
Tibbiyot muassasasi hududida tashqi kompleks baholashni o‘tkazish muddati 5 ish kunidan oshmasligi kerak. Shartnomada belgilangan to‘lovning qolgan qismi to‘langanidan keyin reglamentga muvofiq elektron shaklda akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma yuboriladi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Damashqdagi cherkovda terakt sodir etildi. 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 01:21
-
Organizmdagi «qariyotgan» hujayralarni aniqlashning yangi usuli ishlab chiqildi
Fan-texnika | 00:30
-
Yakson qilinmagan, lekin jiddiy zarar - Pentagon Eronga qarshi operatsiya tafsilotlarini ochiqladi
Jahon | 22:44 / 22.06.2025
-
Milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqildi
Jahon | 22:35 / 22.06.2025
Mavzuga oid

21:46 / 06.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi

19:37 / 02.12.2024
Rossiya elchixonasi rus OAV vakillarini O‘zbekiston qonunlariga rioya qilishga chaqirdi

09:36 / 24.11.2023
O‘zbekiston elchisi YeXHT huzurida akkreditatsiyadan o‘tdi

09:57 / 06.05.2022