Yevropa Ittifoqining 16 davlati mudofaa xarajatlarini oshirmoqchi
YeIning 16 davlati, jumladan Germaniya, harbiy xarajatlarni oshirish uchun Barqarorlik va o‘sish paktidagi istisnodan foydalanishga qaror qildi, deb xabar berdi YeI kengashi.

Foto: Hannibal Hanschke / EPA-EFE
Germaniya va Yevropa Ittifoqiga a’zo boshqa 15 davlat mudofaa xarajatlarini oshirish uchun Yevropa Ittifoqining Barqarorlik va o‘sish pakti budjet qoidalaridan istisnodan foydalanishga tayyor. Bu haqda 30 aprel, chorshanba kuni YeI kengashi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Yevrokomissiya mamlakatlarga Bryusselning Yevropa Ittifoqi mudofaa qobiliyatini mustahkamlash rejalari munosabati bilan ushbu imkoniyatdan foydalanishni taklif qilgan. Ko‘rib chiqilayotgan qoida Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarga to‘rt yil davomida harbiy maqsadlar uchun yalpi ichki mahsulotining 1,5 foizigacha qo‘shimcha qismini, Yevropa Ittifoqi budjeti qoidalarida qo‘yilgan cheklovlarni hisobga olmasdan ajratish imkonini beruvchi paktdir.
Bu cheklovlar, xususan, a’zo mamlakatlarning yillik budjet taqchilligi YaIMning 3 foizidan, umumiy davlat qarzi esa YaIMning 60 foizidan oshmasligini nazarda tutadi. YeI Kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniyadan tashqari Belgiya, Bolgariya, Chexiya, Daniya, Estoniya, Gretsiya, Xorvatiya, Latviya, Litva, Vengriya, Polsha, Portugaliya, Sloveniya, Slovakiya va Finlandiya ushbu qoidalardagi istisnodan foydalanish niyatida. AFP agentligining xabar berishicha, ushbu davlatlarning 12 tasi, jumladan Germaniya ham bu borada rasmiy so‘rov yuborgan. Yana to‘rtta davlat ulardan o‘rnak olish niyatida.
«Biz qo‘shimcha so‘rovlar uchun ochiqmiz», — deya agentlik Yevropa Ittifoqining savdo komissari Valdis Dombrovskisning so‘zlaridan iqtibos keltiradi. Mart oyida YeI, agar Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Barqarorlik pakti qoidalaridagi istisnodan foydalansa, 2030 yilga borib YeIda jami mudofaa xarajatlari taxminan 650 milliard yevroga ko‘tarilishi mumkinligini ta’kidladi. Taqqoslash uchun, 2024 yilda Yevropa Ittifoqi davlatlari harbiy ehtiyojlarga jami 326 milliard yevro sarfladi, bu 2021 yildagi 249 milliard yevrodan 31 foizga yuqori.
«Yevropa Ittifoqining qurollanish rejalari Rossiya tahdidi va AQSh qo‘llab-quvvatlashni qisqartirishi fonida ishlab chiqilmoqda», deb yozadi AFP.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yangi Toshkentda «Peterburg mahallasi» bo‘ladi
O‘zbekiston | 22:28
-
Buxoro viloyati hokimi hujjati yo‘q binoni “ichidagi odami bilan ko‘mib tashlash”ni buyurdi
O‘zbekiston | 21:52
-
Rossiya may oyida Ukrainada deyarli rekord darajada ko‘p hududni egalladi – WSJ
Jahon | 21:34
-
Tarixda birinchi marta Quyoshning janubiy qutbi suratga olindi
Jahon | 21:33
Mavzuga oid

16:24 / 09.06.2025
Yevropaga ochilayotgan eshik: Slovakiya bosh vaziri tashrifi va O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar

11:52 / 07.06.2025
YeI va BMT AQShni XJC sudyalariga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

11:22 / 06.06.2025
Rossiyalik oligarxlar YeI sanksiyalari bo‘yicha sud jarayonida navbatdagi mag‘lubiyatga uchradi

18:41 / 02.06.2025