Mahalliy aviareyslarda chiptalar oxirgi uch oyda 1,7 barobarga qimmatladi
Statistika qo‘mita aprel oyi yakunlari bo‘yicha yillik 10,1 foiz inflatsiyani qayd etdi. Qo‘mita hisobotlariga ko‘ra, fevral–aprel oylarida O‘zbekistonda ichki parvozlar uchun chiptalar narxi 74 foizga, nisbatan raqobat mavjud bo‘lgan xalqaro aviaqatnovlarda 12,5 foizga qimmatlashgan.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda oxirgi 3 oyda mahalliy aviaqatnovlar uchun chiptalar narxi 74 foizga ko‘tarildi. Statistika qo‘mitasining oylik inflatsiya hisobotlaridan kelib chiqadigan bu ma’lumotga iqtisodchi Otabek Bakirov e’tibor qaratdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, aviachiptalar narxi so‘nggi oylarda quyidagicha oshgan:
- fevral oyida – ichki yo‘nalishlarda 1,6 barobarga, xalqaro yo‘nalishlarda 1,9 foizga;
- mart oyida – ichki yo‘nalishlarda 3,9 foizga, xalqaro yo‘nalishlarda 4,8 foizga;
- aprel oyida – ichki yo‘nalishlarda 4,9 foizga, xalqaro yo‘nalishlarda 5,3 foizga.
Shu tariqa, bu davrda parvoz chiptalari narxi ichki yo‘nalishlarda 74,4 foizga, aviaqatnovlar o‘rtasida raqobat kuchliroq xalqaro parvozlarda esa 12,45 foizga ko‘tarilgan.
Statqo‘m ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil aprel oyida inflatsiya 0,7 foizni, yillik inflatsiya 10,1 foizni tashkil etgan.
Yanvar–aprel oylaridagi o‘rtacha oylik inflatsiya 0,7 foiz bo‘lib, bu 2023 yilda 0,8 foiz, 2024 yilda esa 0,6 foiz edi.
O‘tgan oyda xizmatlar o‘rtacha 1 foizga, tovarlar 0,6 foizga, oziq-ovqatlar 0,8 foizga qimmatlagani qayd etilgan. Oziq-ovqatlardan asosan go‘sht va yog‘ narxlari o‘sgani kuzatilgan.
Aprelda avtomobil va temiryo‘l transportida yo‘lovchi tashish narxlari 1,3 foizga o‘sgan. Avtotransportlar uchun metan 2,6 foizga qimmatlagan bo‘lsa, benzin 0,4 foizga, propan 8,7 foizga arzonlagani qayd etilgan.
Aprel oyidagi inflatsiyada axborot va aloqa bo‘limidagi narxlar sezilarli oshgani muhim o‘ringa ega. O‘tgan oyda bu bo‘limda narxlar 1,4 foizga, yil boshiga nisbatan 3,6 foizga, oxirgi 12 oyda esa 6,6 foizga qimmatlagan. Ushbu inflatsiya mobil aloqa xizmatlari tariflarining o‘rtacha 2,5 foizga oshishi bilan bog‘liq.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qo‘shni davlatlardan olib kelingan 8,2 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi
O‘zbekiston | 19:31
-
Vetnam mamlakatdagi birinchi erkin savdo zonasini tashkil etadi
Jahon | 19:31
-
Eronnning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30
-
2024 yilda global boylik 305 trillion dollarga yetdi
Jahon | 19:23
Mavzuga oid

17:00 / 18.06.2025
Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi

08:39 / 15.06.2025
Erondagi cheklovlar sababli Dubay va Sharm ash-Shayxga aviareyslar jadvali o‘zgartirildi

21:27 / 12.06.2025
Propiskaning qaytishi, kutilganidan tezroq inflatsiya - mahalliy dayjest

20:07 / 12.06.2025