Tramp Karnini Kanadadagi saylovlardagi g‘alabasi bilan tabrikladi
Donald Tramp va Mark Karni Qo‘shma Shtatlar va Kanada uchun «mustaqil, suveren davlatlar» sifatida hamkorlik qilish muhim degan fikrga keldi, deb xabar berdi Kanada bosh vaziri idorasi.

Foto: Justin Tang/The Canadian Press/AP/picture alliance
AQSh prezidenti Donald Tramp Kanada bosh vaziri Mark Karnini telefon orqali muloqotda mamlakatdagi navbatdan tashqari parlament saylovlarida Liberal partiyasining g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda 29 aprel, seshanba kuni Kanada bosh vaziri idorasi ma’lum qildi.
Xabarda ta’kidlanganidek, har ikki yetakchi AQSh va Kanada o‘rtasidagi hamkorlik «mustaqil, suveren davlatlar sifatida» juda muhim, degan fikrga kelgan. Shu bilan birga, Tramp va Amerikaning amaldagi prezidentining ashaddiy tanqidchisi Karni «yaqin kelajakda» shaxsiy uchrashuv o‘tkazish istagini bildirdi.
Kanadada 28 aprel kuni AQSh bilan munosabatlarning yomonlashuvi, Vashingtonning Kanada eksportiga yuqori tariflar joriy etishi, Donald Trampning qo‘shni davlatni AQShning 51-shtatiga aylantirish tahdidi fonida muddatidan oldin parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Mark Karni o‘z partiyasining saylovdagi g‘alabasi haqidagi nutqida Trampning agressiv siyosatiga qarshi qat’iy pozitsiyada turishga va’da berdi.
Ovozlarning 99,9 foizi hisoblab chiqilganidan so‘ng, Kanada Liberal partiyasi saylovda 169 o‘ringa ega bo‘ldi va shu tariqa deyarli mutlaq ko‘pchilikni qo‘lga kiritdi, buning uchun 172 o‘rin zarur edi. Ayni paytda, bu hisob-kitoblarga ko‘ra, Per Pualevr boshchiligida saylovlarda ishtirok etgan Kanadaning muxolif Konservativ partiyasi 144 ta parlament o‘rnini oladi.
30 aprel kuni ertalab Mark Karnini saylovdagi g‘alabasi bilan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham tabrikladi.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Qatardagi AQSh bazasiga hujum qildi
Jahon | 03:43
-
Tesla Texasda robotaksi servisini ishga tushirdi
Fan-texnika | 01:37
-
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi
Jahon | 00:24
-
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:33 / 23.06.2025
Mavzuga oid

20:43 / 23.06.2025
Tramp neft narxining ko‘tarilishi «dushmanga qo‘l kelishini» aytdi

08:41 / 23.06.2025
Tramp Eronda rejim o‘zgarishi mumkinligini istisno etmadi

11:58 / 22.06.2025
Bu sodir bo‘ldi: AQSh tarixda ilk marta Eronga zarba berdi

10:57 / 22.06.2025