YouTube'dagi birinchi video 20 yoshga to‘ldi
Agar ushbu video bugun yuklansa, hozir mavjud bo‘lgan 355 milliondan ko‘proq tomoshani to‘plamagan bo‘lardi.
2005 yil 23 aprelida, roppa-rosa 20 yil avval, «Hayvonot bog‘idaman» deb nomlangan 18 soniyali past sifatdagi video bilan hozir dunyodagi eng mashhur platforma bo‘lgan YouTube ishga tushirildi. Ushbu muhim voqea sharafiga Google pleyerdagi an’anaviy progress slayderini pushti tortga o‘zgartirdi.
Agar ushbu video bugun yuklansa, hozir mavjud bo‘lgan 355 milliondan ko‘proq tomoshani to‘plamagan bo‘lardi.
Videoda servis asoschilaridan biri bo‘lgan 25 yoshli dastur muhandisi Jovid Karim shunchaki orqasidagi fillarni ko‘rsatib, shunday deydi: «Bu jonivorlarning eng zo‘r tomoni shundaki, ularning chindan ham juda, juda, juda uzun xartumi bor».
Karim internet tarixini yaratayotganini bilmas edi — video YouTube boshlanishi va videokontentning yangi davri ramziga aylandi. Yigirma yil oldin 240p yoki 360p videolar oddiy hol bo‘lganiga ishonish qiyin. Hozir platforma 4K, 8K, HDR va hatto VR videolarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Videoda bayramona slayderdan tashqari, platformadagi Jovidning kanaliga olib boradigan fil belgichasi paydo bo‘ldi. Unda hamon bitta post bor, lekin allaqachon 5,34 million obunachiga ega. Joriy yil fevral oyida u mikroplastmassalar muammosiga e’tiborni qaratish uchun afsonaviy videoning tavsifini yangiladi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil gumanitar yordam yuklangan 3000 ta yuk mashinasining G‘azoga kirishini to‘sib qo‘ydi
Jahon | 08:15
-
Farg‘onada bank mas’ullari va hokim yordamchilarining qing‘ir ishlari aniqlandi
Jamiyat | 08:00
-
«Pautina» operatsiyasi aniq tarix darsliklariga kiritiladi - Zelenskiy
Jahon | 00:20
-
Germaniyada maktab o‘quvchilariga «erta pensiya» tayinlash taklifi ilgari surildi
Jahon | 23:06 / 01.06.2025
Mavzuga oid

22:02 / 31.05.2025
Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi

11:37 / 31.05.2025
YouTube monetizatsiyasi o‘zbekistonliklar daromadini yiliga 50 mln dollarga oshirishi mumkin. Bunga nima xalal beryapti?

09:03 / 21.04.2025
iPhone 17 Pro g‘ilofi suratlari smartfon kamerasi dizaynini oshkor qildi

20:48 / 16.04.2025