Rossiya droni Ukrainadagi avtobusga urildi, ko‘plab qurbonlar bor
23 aprelga o‘tar kechasi Rossiya qurolli kuchlari Dnepropetrovsk viloyatining Marganets shahriga dronlar bilan hujum qildi.

Foto: Telegram / dnipropetrovskaODA
Ukrainaning Marganets shahriga Rossiya droni zarbasi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi. Bu haqda Dnepropetrovsk viloyati ma’muriyati rahbari Sergey Lisak xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dron korxona ishchilari ketayotgan avtobusga urilgan.
23 aprelga o‘tar kechasi Rossiya qurolli kuchlari Dnepropetrovsk viloyatining Marganets shahriga dronlar bilan hujum qildi, dedi Lisak.
Avvalroq, u Dnepropetrovsk viloyatida tunda Rossiyaning to‘rtta droni urib tushirilgani, oqibatda ikki kishi yaralangani haqida xabar bergan edi.
23 aprelga o‘tar kechasi Rossiya harbiylari Ukrainaning bir qancha hududlariga uchuvchisiz samolyotlar bilan hujum qildi. «Suspilne» ma’lumotlariga ko‘ra, Poltava viloyatiga zarba berilgan, dronlardan biri turar-joy binosi yaqiniga qulagan, uch kishi jarohatlangan. Odessa viloyatida uy-joy binolarida va korxonada yong‘in sodir bo‘ldi, ikki kishi jabrlandi. Kiyev viloyatida dron parchalari qulashi oqibatida Brovarskiy tumanidagi mehmonxona va restoran majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi, hech kim jabrlanmadi, deb xabar berdi Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati.
Rossiya tomoni holat yuzasidan hali izoh bermadi.
Mavzuga oid

21:30 / 30.05.2025
Trampning bosimidan so‘ng: Rossiya muzokara belgiladi

18:55 / 30.05.2025
Vladivostokda portlashni Ukraina razvedkasi amalga oshirgan bo‘lishi mumkin

18:22 / 30.05.2025
Ukrainaning tinchlik memorandumi mazmuni ma’lum bo‘ldi

14:11 / 30.05.2025