Bloomberg: Xitoy Rossiyaga dron yetkazib berishni ko‘paytirdi
Pekin Ukraina va Yevropa davlatlariga uchuvchisiz uchoqlar sotishni to‘xtatdi, biroq Rossiyaga yetkazib berishni davom ettirdi, deya xabar bermoqda Bloomberg Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning bayonotlariga tayanib.

Foto: AP
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Xitoy Kiyev va boshqa Yevropa davlatlariga uchuvchisiz uchoqlar sotishni to‘xtatganini, biroq Rossiyaga yetkazib berishni davom ettirayotganini aytdi. Bloomberg 29 may, payshanba kuni chop etilgan maqolasida uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda: «Xitoyning Mavic (odatda aerofotosuratga olishda foydalaniladigan, portlovchi moddalarni tashishga moslasha oladigan mashhur fuqarolik droni) rossiyaliklar uchun ochiq, lekin ukrainaliklar uchun yopiq», — deya uning so‘zlarini keltiradi Bloomberg. Qayd etilishicha, Zelenskiy bundan ikki kun avval jurnalistlar guruhi bilan gaplashgan. «Rossiya hududida Xitoy vakillari joylashgan ishlab chiqarish liniyalari mavjud», — deya qo‘shimcha qildi u.
Bloomberg tayangan nomi oshkor etilmagan yevropalik rasmiyga ko‘ra, Ukraina prezidentining so‘zlari Yevropa Ittifoqining o‘z baholariga mos keladi. Agentlik manbasining ta’kidlashicha, Xitoy, ehtimol, G‘arb xaridorlariga dron komponentlarini (masalan, dron dvigatellarida ishlatiladigan magnitlar) yetkazib berishni qisqartirgan, shu bilan birga, Rossiyaga yetkazib berishni ko‘paytirgan.
O‘z navbatida, Pekin urishayotgan tomonlardan biriga qurol yetkazib berishini muntazam ravishda rad etadi va harbiy maqsadlarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan ikki tomonlama mahsulotlar eksportini nazorat qilishini da’vo qiladi. «Xitoyning Ukraina bo‘yicha pozitsiyasi izchil va aniq: biz urushni to‘xtatish va tinchlik muzokaralarini olg‘a surishga sodiqmiz», — deya Xitoy Tashqi ishlar vazirligining so‘nggi bayonotini keltiradi Bloomberg agentligi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kichik va o‘rta biznes uchun uskunalar ko‘rgazmasi
Jamiyat | 19:00
-
O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududda chigirtka tarqalgani aniqlandi
O‘zbekiston | 18:37
-
Ukraina IIV rahbari Rossiya ukrainaliklar o‘rniga rossiyalik harbiylar jasadini yuborganini ma’lum qildi
Jahon | 18:29
-
Farg‘onada tuman MIB boshlig‘i pora bilan ushlandi
O‘zbekiston | 18:19
Mavzuga oid

14:56
Kreml: Ukraina bilan halok bo‘lganlar va asirlarni almashish bo‘yicha o‘zaro tushunish yo‘q

11:39
Latviya Rossiya va Belarus fuqarolariga ko‘chmas mulk sotib olishni taqiqladi

11:09
Nabiullina: Rossiya iqtisodiy o‘sishi uchun ko‘plab resurslar tugadi

09:54