AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome brauzerini sotishni talab qilmoqda
AQShda Googleʼning qidiruv tizimlari bozoridagi hukmronligi ustidan antimonopoliya sud jarayoni boshlandi.

Foto: Bloomberg
AQSh Federal sudi Googleʼning onlayn qidiruvdagi monopoliyasi bo‘yicha sud jarayonini boshladi. Mamlakat Adliya vazirligi sudni kompaniyaga nisbatan qat’iy choralar ko‘rishga va uning biznesini bo‘lib yuborishga chaqirmoqda, deb yozadi The Wall Street Journal.
Qayd etilishicha, sud majlisini ilgari Google monopoliyasini noqonuniy deb tan olgan sudya Amit Mexta olib bormoqda. Adliya vazirligi vakili Devid Dalkvist sud internetning butun bir avlod tomonidan shakllangan hukmronligiga chek qo‘yishi mumkinligini ta’kidladi.
Ushbu amaliyotga barham berishning asosiy vositasi sifatida Adliya vazirligi Chrome brauzerini majburiy sotishni talab qilmoqda. Shuningdek, kompaniyadan raqobatchilarga foydalanuvchi ma’lumotlariga kirish huquqini berish ham so‘ralyapti.
2024 yil 5 avgust kuni AQShning Kolumbiya okrugi sudi federal sudyasi Amit Mexta Google kompaniyasi onlayn qidiruv tizimi bozoridagi monopoliyasini saqlab qolish uchun noqonuniy faoliyat yuritgani to‘g‘risida qaror chiqargandi. Shundan so‘ng Adliya vazirligi Google’ni bo‘lib yuborish bo‘yicha talab qo‘yish imkoniyatini faol ko‘rib chiqa boshladi.
Sud qarorida keltirilishicha, Google’ga egalik qiluvchi Alphabet kompaniyasi boshqa texnologik gigantlarga o‘z qidiruv tizimi smartfon va brauzerlarga standart variant sifatida o‘rnatilishi uchun 26 milliard dollar to‘lagan, bu orqali kompaniya raqobatchilarining bozorda muvaffaqiyatga erishishiga imkoniyat qoldirmagan.
Avvalroq AQSh sudi Googleʼni onlayn reklama bozorida monopolist deb topgandi. Sudyaning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyaning reklama birjalari va serverlar bozoridagi monopoliyasi Sherman nomli antimonopoliya qonunini buzadi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni iste’fo berdi
Jahon | 21:27
-
Britaniya yadroviy qurollarni tashishga qodir qiruvchi samolyotlarni xarid qiladi
Jahon | 21:17
-
Ukraina delegatsiyasi Istanbuldagi muzokaralarning navbatdagi raundiga yo‘l oladi - Zelenskiy
Jahon | 20:07
-
Xitoyda erkak terrakota armiyasidagi ikkita qadimiy haykalga shikast yetkazdi
Jahon | 19:29
Mavzuga oid

09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi

23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi

23:07 / 17.04.2025
AQSh sudi Googleʼni onlayn reklama bozorida monopolist deb topdi

23:21 / 15.04.2025