Yevroittifoq Rossiya aviakompaniyalari uchun o‘z osmonini ochishdan bosh tortdi
Yevropa mamlakatlarisiz Rossiya aviakompaniyalari AQShga parvoz qila olmaydi. YeIda bo‘lsa, RF samolyotlarining xavfsizligiga oid jiddiy savollar mavjud.

Foto: EPA-EFE
Yevropa Ittifoqi Rossiya aviakompaniyalarining samolyotlariga o‘z havo hududidan foydalanishga ruxsat bermoqchi emas. Bu haqda o‘zining anonim qolishini so‘ragan Yevrokomissiya vakiliga tayanib Politico xabar berdi. Ushbu bayonot Rossiyaning AQSh bilan Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralari doirasida aviaqatnovlarni tiklashga uringani ortidan berildi.
Yevrokomissiyadagi manbaning tushuntirishicha, Yevropa mamlakatlarisiz Rossiya aviakompaniyalari AQShga parvoz qila olmaydi, Yevropa esa bunga qiziqish bildirmayapti. Birinchi navbatda, rossiyalik tashuvchilarga YeI havo hududida parvoz qilish taqiqi saqlanib qolmoqda — bu Ukraina bosqiniga javoban joriy etilgandi. Bundan tashqari, Yevropada Rossiya samolyotlarining xavfsizligiga oid jiddiy savollar mavjud. «So‘nggi uch yilda Rossiya aviatsiya xizmatlariga yetarli texnik xizmat ko‘rsatganmi yoki yo‘qmi — noma’lum, bu esa ularning samolyotlari uchishga yaroqliligini katta savol ostiga qo‘yadi», — deydi manba.
2022 yilda Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilgach, RF kompaniyalari Yevropa havo hududidan tashqari G‘arb ishlab chiqaruvchilaridan (Boeing va Airbus) o‘z samolyotlari uchun ehtiyot qismlar ta’minotidan ham mahrum bo‘ldi. SIG Aviation konsalting kompaniyasi direktori Sander Starreveldning aytishicha, Rossiya aviakompaniyalarining samolyotlarida qalbaki ehtiyot qismlar ishlatilayotgani ehtimoli «juda yuqori». «Bunday samolyotlarga Yevropada tijorat maqsadida uchishga ruxsat berish nafaqat xavfsiz emas, Yevropa Ittifoqiga qalbaki ehtiyot qismlar kirib kelishi xavfini tug‘diradi», — deydi u.
Bundan tashqari, ko‘plab Rossiya samolyotlari Yevropa aeroportlariga qo‘ngan zahoti hibsga olinishi mumkin. Bunga sabab — Yevroittifoq sanksiyalaridan keyin Rossiya hukumati G‘arbdan lizingga olingan yuzlab samolyotlarni amalda musodara qilgan. «RBK» hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023 va 2024 yil boshlarida Rossiya Boeing va Airbusʼdan 165 ta samolyotni (mamlakatdagi fuqarolik laynerlarining 40 foiz atrofida) Milliy farovonlik jamg‘armasi hisobidan sotib olgan. Starreveldning ta’kidlashicha, o‘z mulkini o‘g‘irlangan deb hisoblayotgan G‘arb lizing kompaniyalari «iloji boricha ko‘proq aktivlarni qaytarib olishga harakat qiladi».
Avvalroq Istanbulda diplomatik missiyalar faoliyatini normallashtirish bo‘yicha AQSh va Rossiya maslahatlashuvlarining ikkinchi raundi yakunlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Unda Rossiya delegatsiyasi Amerika tomoni bilan oldinroq tortib olingan diplomatik mulkni qaytarish va to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklash masalalarini muhokama qilgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41
-
Kun.uz’ning rasmiy Telegram kanalidagi nojoiz reklamalar yuzasidan obunachilarga murojaat
Jamiyat | 20:03
-
Kiyevda Boeing ofisi zarbaga uchragan, Tataristonda dron zavodiga hujum qilindi
Jahon | 19:45
-
«Bolalar o‘limi eng og‘riqli joyimiz» - YHXX boshlig‘i bolalar qatnashgan YTHlar va statistika haqida
O‘zbekiston | 18:12
Mavzuga oid

21:14 / 06.06.2025
YeIga a’zo 5 ta davlat bolalar uchun TikTok va YouTubeʼni taqiqlash taklifi bilan chiqdi

15:39 / 05.06.2025
AQSh va YeI bojlar bo‘yicha muzokarani davom ettirmoqda

11:25 / 03.06.2025
YeI va AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni muhokama qildi

15:08 / 01.06.2025