Meta Tsukerbergning xavfsizligi uchun 2024 yilda 14 mln dollar sarfladi
Bundan tashqari, kompaniya Mark Tsukerbergning shaxsiy samolyotdagi parvozlari uchun 2,6 mln dollar to‘lagan.

Foto: AFP/Getty Images
Meta Platforms kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Mark Tsukerbergning jami mukofot pullari 2024 yilda 2,8 million dollarga oshib, 27,2 million dollarga yetdi. Bu haqda AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasiga tayanib MarketWatch xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tsukerberg kompaniyaning boshqa har qanday top-menejeridan ko‘proq pul ishlab topgan. 2012 yildan beri Tsukerbergning maoshi yiliga 1 dollarni tashkil etadi, shuningdek, u bonus to‘lovlari va aksiyalar olmaydi. Biznesmen hamda uning rafiqasi Prissilla Chan avvalroq o‘z mablag‘larining 99 foizini xayriyaga yo‘naltirishni va’da qilgandi.
Umumiy to‘lovlar Tsukerberg hamda uning oilasi xavfsizligini ta’minlash xarajatlarini o‘z ichiga oladi. O‘tgan yili bunga 14 million dollar sarflangan — 2023 yil Facebook asoschisi va uning oilasi xavfsizligiga 10 million dollar yo‘naltirilgan edi. Bundan tashqari, Meta uning shaxsiy samolyotdagi parvozlari uchun 2,6 million dollar to‘lagan.
Meta 2024 yilda dividend to‘lashni boshlagan, to‘rtinchi chorakdagi o‘sishdan keyin u har bir aksiya uchun 0,52 dollarni tashkil etgan. Tsukerberg kompaniyaning taxminan 13 foiz aksiyasiga egalik qiladi va yiliga soliqlar bilan qo‘shib hisoblaganda 700 million dollarga yaqin dividend oladi.
2025 yil boshidan beri Meta kapitalizatsiyasi 14,3 foizga, ya’ni 1,27 trillion dollargacha qisqardi.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliya Tuvalu aholisi uchun maxsus iqlim vizasini beradi
Jahon | 22:37 / 29.06.2025
-
Tramp TikTok uchun xaridorlar topganini ma’lum qildi
Jahon | 22:01 / 29.06.2025
-
Eron bir necha oy ichida boyitilgan uranni ishlab chiqarishga qaytishi mumkin - MAGATE rahbari
Jahon | 21:53 / 29.06.2025
-
Blue Origin kapsulasi 6 nafar turist bilan suborbital parvozni amalga oshirdi
Jahon | 21:48 / 29.06.2025
Mavzuga oid

17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi

16:39 / 12.04.2025
Instagram o‘smirlar uchun ba’zi cheklovlarni joriy qiladi

22:22 / 17.02.2025
Meta butun sayyora bo‘ylab suvosti internet kabelini tortadi

22:38 / 30.01.2025