Isroil aviazarbasi G‘azo shahridagi oxirgi shifoxonaning bir qismini vayron qildi

Foto: EPA
Isroilning havo hujumi oqibatida G‘azo shahridagi to‘liq ishlab turgan «Al-Ahli» baptistlar kasalxonasining bir qismi vayron bo‘lgan. Bu BBC’ning G‘azodagi muxbiri Rushdi Abualuf xabar berdi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, zarba natijasida shifoxonaning intensiv terapiya va jarrohlik bo‘limlari vayron bo‘lgan.
Internetda e’lon qilingan videoda ikki qavatli binoga raketalar kelib urilganidan so‘ng ulkan alanga va tutun ko‘tarilganini ko‘rish mumkin. Odamlar, jumladan, hali ham kasalxonada yotgan ba’zi bemorlar voqea joyidan qochishga tushgan.
Isroil mudofaa kuchlari shifoxonaga zarba berganini tasdiqlab, buni u yerda «Hamas tomonidan foydalanilgan qo‘mondonlik va boshqaruv markazi» joylashgani bilan izohlagan. G‘azodagi fuqarolik xizmati jabrlanganlar yo‘qligini xabar qilgan.
Biroq, kasalxona bilan aloqador bo‘lgan Quddus Yeparxiyasi bayonotida boshidan jarohat olgan bir bola «shoshilinch evakuatsiya» natijasida vafot etgani aytiladi.
Hamas nazorati ostidagi G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligining ta’kidlashicha, bino «butunlay vayron bo‘lgan», bu esa «bemorlar va shifoxona xodimlarining majburiy ko‘chirilishi»ga olib kelgan.
TsAXAL bayonotida ta’kidlanishicha, isroillik harbiylar «tinch aholiga yoki kasalxona majmuasiga yetkaziladigan zararni kamaytirish, jumladan, hududda terrorchilik infratuzilmasi haqida oldindan ogohlantirish, aniq o‘q-dorilardan foydalanish va havodan kuzatish choralari»ni ko‘rgan.
Shifoxonada ishlaydigan mahalliy jurnalistning nashr muxbiriga aytishicha, Isroil harbiylari shoshilinch yordam bo‘limida operatsiya qilayotgan shifokorga qo‘ng‘iroq qilib, undan zudlik bilan shifoxonadan chiqib ketishni so‘ragan.
«Barcha bemorlar va ko‘chirilgan shaxslar xavfsiz masofaga chiqishi kerak. Shifoxonani tark etish uchun atigi 20 daqiqa vaqtingiz bor», – degan qo‘ng‘iroq qilgan shaxs.
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan kadrlarda xodimlar va bemorlar ko‘cha hali qorong‘i bo‘lganida binoni tark etayotganini ko‘rish mumkin.
O‘nlab falastinliklar, jumladan ayollar va bolalar o‘zlari vaqtincha boshpana qilgan shifoxonaning ichki hovlisini tark etishgan.
Urushdan oldin «Al-Ahli» kasalxonasi kichik tibbiyot muassasasi bo‘lgan. Biroq, «Ash-Shifo» tibbiyot majmuasi va sektorning shimoliy qismidagi shifoxonalar vayron qilinganidan so‘ng, u G‘azo shahridagi yagona to‘liq ishlaydigan shifoxona bo‘lib qolgandi.
G‘azo hukumati matbuot xizmati o‘z bayonotida hujumni qoraladi. Isroil «yuzlab bemorlar va tibbiyot xodimlari bo‘lgan Al-Ahli kasalxonasiga zarba berib, dahshatli jinoyat sodir etmoqda», deyiladi bayonotda.
2023 yil oktyabr oyida xuddi shu shifoxona hovlisida yuzlab odamlar halok bo‘lgandi.
Falastin hukumati portlash Isroil zarbasi oqibatida ro‘y berganini ma’lum qilgandi. Isroil tomoni esa portlashga Falastindagi «Islomiy jihod» guruhi tomonidan uchirilgan raketa qulab tushishi sabab bo‘lganini aytgan.
Isroil harbiylari 2023 yil 7 oktyabr voqealaridan keyin boshlagan harbiy amaliyot davomida G‘azoda 51 mingga yaqin odam halok bo‘lgani aytiladi. Shundan 1563 kishi Isroil 18 mart kuni G‘azo sektoriga hujumni qayta boshlaganidan keyingi davrda halok bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda sinov tariqasida yo‘llar bo‘yida pulli avtoturargohlar ishga tushirildi
O‘zbekiston | 16:55
-
Husiychilar raketasi Tel-Avivdagi aeroport yaqinida quladi
Jahon | 16:43
-
Milliarder Uorren Baffett Berkshire Hathaway bosh direktorligidan ketadi
Jahon | 16:30
-
G‘alabani «o‘g‘irlagan» Tramp, maqsadi o‘zgargan Rossiya – hafta dayjesti
Jahon | 16:12
Mavzuga oid

16:43
Husiychilar raketasi Tel-Avivdagi aeroport yaqinida quladi

07:50 / 03.05.2025
BMT: Isroil G‘azoda jurnalistlarni ataylab o‘ldirmoqda

01:00 / 03.05.2025
HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi

16:44 / 02.05.2025