Tramp davrida federal budjet xarajatlari 154 mlrd dollarga oshdi
AQShning budjet xarajatlari Ilon Mask rahbarlik qilayotgan Hukumat samaradorligi departamenti faoliyatiga qaramay oshishni davom etmoqda.

Foto: Reuters
Donald Tramp prezidentlik lavozimiga kirishganidan beri AQShning budjet xarajatlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 154 milliard dollarga oshdi. Bu haqda Moliya vazirligining kunlik hisobotlarini tahlil qilgan The Wall Street Journal xabar berdi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy ta’minot dasturlariga xarajatlar 32,7 milliard dollarga, Medicare va Medicaid sog‘liqni saqlash dasturlariga esa ajratiladigan mablag‘lar 29 milliard dollarga oshgan. Bundan tashqari, davlat qarzi bo‘yicha to‘lovlar 25,5 milliard dollarga ko‘paygan. Federal xizmatchilar ish haqiga esa Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) talabi bilan xodimlar soni sezilarli qisqartirilganiga qaramay, 2,8 milliard dollarga ko‘proq mablag‘ sarflangan.
Haqiqiy xarajat qisqarishi faqat ayrim yo‘nalishlarda kuzatilgan. Masalan, Transport xavfsizligi boshqarmasi yangi formalar xarididan voz kechish, safarlar va o‘quv xarajatlarini kamaytirish hisobiga 22 million dollarga kamroq mablag‘ sarflagan. Ta’lim vazirligi xarajatlari 4 milliard dollarga qisqartirilgan. AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) dasturlari deyarli to‘liq yopilgan, bu 2024 yil boshiga nisbatan xarajatlarni ikki baravarga kamaytirgan. Biroq keyinchalik bu dasturlar qayta tiklana boshladi va xarajatlar deyarli 2024 yil darajasiga qaytgan.
Federal budjet xarajatlari Ilon Mask hamda u rahbarlik qilayotgan Hukumat samaradorligi departamenti faoliyatiga qaramay oshib bormoqda. Mask va Tramp DOGE «byurokratiyani yo‘q qilishi»ni va’da qilgan. Ushbu departament Amerika hukumati faoliyatining samardorligini oshirishi va bir yarim yildan keyin tugatilishi kerak.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqandda AYoQShda sodir bo‘lgan portlash qurbonlari soni ortdi
O‘zbekiston | 09:54
-
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi vodiy viloyatlarida ham sezildi
O‘zbekiston | 07:52
-
Putin Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni taklif qildi
Jahon | 07:45
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
Mavzuga oid

23:18 / 10.05.2025
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi

22:28 / 10.05.2025
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi

20:58 / 10.05.2025
Kellog 30 kunlik otashkesimdan keyin Ukraina mojarosiga barham berilishini aytdi

17:43 / 10.05.2025