Qonun kuchga kirganidan 5 yil o‘tgach, samaradorligi baholanishi mumkin
Endilikda qonun loyihalari parlamentga kiritilayotganda loyihaning huquqiy ekspertizasi, korrupsiyaga qarshi ekspertizasi va loyiha bo‘yicha o‘tkazilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari ham taqdim etilishi kerak.

O‘zbekiston prezidenti bugun, 10 aprel kuni imzolagan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, endilikda qonun loyihalarini parlamentga kiritishda quyidagilar ham loyiha bilan birga taqdim etilishi kerak:
- loyihaning huquqiy ekspertizasi natijalari;
- loyihaning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari;
- loyiha bo‘yicha o‘tkazilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari.
Qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektiga o‘zi kiritgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinguniga qadar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taklif kiritish orqali uni chaqirib olish huquqi berilmoqda.
Endilikda qonunlar kuchga kirgan kundan e’tiboran 5 yil o‘tgach, mas’ul davlat organlarining va Oliy Majlis palatalari qo‘mitalarining tashabbusiga ko‘ra, qonunning samaradorligini, unda belgilangan maqsadga va kutilayotgan natijalarga erishilganini aniqlash uchun qonunning tartibga solish ta’siri baholashdan o‘tkazilishi mumkin.
Mavzuga oid

17:29 / 23.05.2025
Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketdi. Bir kishi halok bo‘ldi

20:04 / 22.05.2025
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

13:37 / 18.05.2025
Ichki ishlarning ikki xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi

10:20 / 15.05.2025