Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketdi. Bir kishi halok bo‘ldi
Hodisa Yangiariq tumanida sodir bo‘lgan. Hozirda bu ish bilan harbiy prokuratura shug‘ullanmoqda.

Foto: Shutterstock
Yangiariq tumanidagi metallom yig‘ish shoxobchasida portlash yuz bergan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar qildi.
Hodisa 11 aprel kuni sodir bo‘lgan. Yig‘ib kelingan temir-tersaklar tushirilayotganda ular orasida bo‘lgan snaryad portlab ketgan. Oqibatda shu yerda ishlovchi 31 yoshli O.B. og‘ir tan jarohati olib, vafot etgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda ham bu hodisaga oid xabarlar tarqaldi. Unda aytilishicha, portlashdan so‘ng voqea joyiga huquq-tartibot organlari xodimlari va sapyorlar yetib borgan. O‘rganish jarayonida shoxobchadan yana 30 ga yaqin snaryad topilgan.
Internetda tarqalgan videoda marhum O.B.ning onasi o‘g‘li oila boquvchisi bo‘lganini, uning 2 farzandi yetim qolganini aytgan. Ona snaryadlarni sotgan va sotib olib shoxobchaga keltirgan shaxslarga qat’iy jazo qo‘llashni so‘ragan.
Hozirda mazkur ishni harbiy prokuratura o‘rganmoqda. Kun.uz holatga oydinlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot xizmatiga murojaat qildi.
Xabar tahrirlandi. Ushbu xabarning birlamchi tahririda Kun.uz manbasi snaryadlar metallolom sifatida Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida harbiy xizmatchilardan sotib olinganini aytgani haqida ma’lumot berilgandi. Mudofaa vazirligi buni rad etdi. Vazirlikka ko‘ra, portlagan snaryad mahalliy cho‘ponlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan qazib olingan va metallolomga topshirilgan.
«Bunday holatlarda fuqarolar xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga zudlik bilan xabar qilishi shart.
Ushbu voqeaga harbiy xizmatchilarning hech qanday aloqasi yo‘q va jinoiy javobgarlikka tortilmaganini ma’lum qilamiz. Mazkur turdagi snaryad O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida mavjud emas. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu turdagi snaryad 1970 yillarda qo‘llangan», — deyiladi Mudofaa vazirligi axborotida.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kia va ADM Global O‘zbekiston termasiga JCh–2026 yo‘lida qo‘llov ko‘rsatmoqda
O‘zbekiston | 17:00
-
Tramp Eron bilan urushga qarshi edi. Ammo endi fikrini o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin
Jahon | 16:26
-
O‘zbekiston talabalariga Yaponiyada ishlash imkoni: Daiwa House va TKXU o‘rtasida strategik uchrashuv
O‘zbekiston | 16:00
-
Narpay tumanida 16 yoshli yigit suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 15:43
Mavzuga oid

20:23 / 19.06.2025
Interpol sobiq rahbari shaxslarni pora evaziga qidiruvdan olib tashlaganlikda gumonlanmoqda

20:28 / 18.06.2025
Xorazmda Tico ag‘darilib, 18 yoshli yigit halok bo‘ldi

19:03 / 13.06.2025
Tuxumbarak taomi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

18:58 / 13.06.2025