Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Inspektor soliq qarzdorligini undirmaslik evaziga 900 dollar olgan. Sud eksperti esa fermer xo‘jaligi muammosini hal etish uchun 1500 dollar olganida ushlangan.

Foto: DXX
Xorazm viloyatida soliq qarzdorligini undirmaslik evaziga 900 dollar olgan soliq inspektori ushlandi.
Qayd etilishicha, Yangiariq tumani davlat soliq inspeksiyasining mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari shu’basi davlat soliq inspektori trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish va ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJning soliq qarzdorligini undirmasdan, uni bankrotlik asosida tugatib berishni va’da qilgan. U o‘zining yaqin aloqasi orqali 900 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa Yakkabog‘ tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan 40 yoshli shaxs suv ta’minotiga ulanib olib, 99 million so‘m zarar yetkazgan chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligiga ushbu muammosini hal etib berishni va’da qilgan va fermer xo‘jalikning ish boshqaruvchisidan 1500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Qashqadaryo viloyat bo‘linmasi eksperti ushbu 1500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda yuqorida aniqlangan holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Mavzuga oid

18:19 / 20.06.2025
Farg‘onada tuman MIB boshlig‘i pora bilan ushlandi

20:23 / 19.06.2025
Interpol sobiq rahbari shaxslarni pora evaziga qidiruvdan olib tashlaganlikda gumonlanmoqda

08:26 / 19.06.2025
DXX ta’lim sohasida poraxo‘rlik holatini aniqladi

20:28 / 18.06.2025