Nega qat’iy belgilangan summadagi aylanmadan olinadigan soliq bekor qilinyapti?
Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mubin Mirzayev qat’iy belgilangan summadagi aylanmadan olinadigan soliqning bekor qilinayotganini barcha tadbirkorlar uchun teng sharoit yaratishga urinish bilan izohladi. “Qaysi tartib bo‘yicha ishlay degan savollar paydo bo‘lib, tadbirkorlar bizga murojaat qilyapti. Shuning uchun bitta, yoki ko‘pi bilan ikkita tartib qolishi lozim”, dedi u.
Joriy yilning 1 aprel kuni AOKAda Soliq qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
2026 yil 1 yanvardan qat’iy belgilangan summadagi aylanmadan olinadigan soliq bekor qilinadi. Bu tadbirkorlikni endi boshlamoqchi bo‘lganlar uchun qulay muhit yaratib berayotgan edi. Qo‘mita buni budjetga soliqlarning kam tushayotgani bilan izohlagandi. Ammo O‘zbekiston bo‘yicha 300 mingga yaqin qat’iy belgilangan summadagi aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilarning budjetdagi ulushi 1,5 foizni ham tashkil qilmaydi. Kun.uz muxbiri «Bu kichik miqdor uchun qulay muhit yaratayotgan soliq stavkasini bekor qilish shart edimi? O‘tgan davrda aynan qancha miqdordagi soliqlar to‘lanmagani haqidagi raqamlarni bera olasizmi?» degan savol bilan rasmiylarga yuzlandi.
«Bu masala ham o‘zini-o‘zi band qilganlarga o‘xshaydi, ya’ni bitta tashkilot 1 mlrd so‘mgacha tovar aylanmasini amalga oshiryapti. U 4 foiz soliq to‘layapti. Umuman, soliqqa tortish rejimi 2 xil bo‘lyapti. Bu o‘sha sohadagi tadbirkorlarning rivojlanishiga xalaqit beryapti», dedi Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tizimini kamaytirish rejalashtirilyapti.
“Bizda jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo‘yicha 5 ta tartib bor, bularni kamaytirish kerak. Yuridik shaxslarni soliqqa tortish bo‘yicha 2 ta tartib, bittasi qo‘shilgan qiymat solig‘i, ikkinchisi umumiy belgilangan soliq. Qat’iy belgilangan soliq bilan 3 ta tartib. Endi uni bekor qilsak, 2 ta qoladi. Lekin jismoniy shaxslarda 5 ta tartib bor. Bu o‘sha shaxslarning daromadlarini soliqqa tortishda juda ko‘p muammolarni paydo qilyapti. Qaysi tartib bo‘yicha ishlay degan savollar paydo bo‘lib, tadbirkorlar bizga murojaat qilyapti. Shuning uchun bu sodda bo‘lishi kerak, maksimum bitta yoki ikkita tartib qolishi lozim. Undan ko‘p bo‘ldimi, o‘sha sohaning ma’murchiligini og‘irlashtiradi va rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Kim bo‘lishidan qat’i nazar, 2 tadan ko‘p soliqqa tortish tartibi bo‘lmasligi kerak. Rejim qancha ko‘p bo‘lsa, xato va kamchiliklar ham ko‘payadi”, – dedi Mubin Mirzayev.
Shuningdek, hisobotlarni soliq to‘lovchilarga elektron tarzda jo‘natish yo‘lga qo‘yilyapti. Bunda tadbirkor hisobot noto‘g‘ri bo‘lsa, uni to‘g‘rilashi kerak bo‘ladi. Mazkur tizim orqali tadbirkorlarning ishini osonlashtirish ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashdi
Jahon | 16:36
-
Ekologik nosoz avtomobillar haydovchilariga chora ko‘riladi
O‘zbekiston | 16:12
-
Shavkat Mirziyoyev Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 16:04
-
Octobank yana bir bor O‘zbekistonda raqamli to‘lov yechimlari sohasida yetakchi deb topildi
O‘zbekiston | 16:00
Mavzuga oid

11:02
Meva-sabzavot mahsulotlari sohasida ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

12:33 / 09.04.2025
ChatGPT O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

15:16 / 03.04.2025
Mubin Mirzayev o‘zini o‘zi band qilish turlari qisqarishiga izoh berdi

10:48 / 03.04.2025