Sport | 15:52 / 17.03.2025
16677
1 daqiqa o‘qiladi

Abduqodir Husanovning agenti unga Gelendwagen sovg‘a qildi

«Manchester Siti» klubi va O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovga «Gelik» avtomobili sovg‘a qilindi.

Tribuna.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, asli qozog‘istonlik o‘zbek futbol funksioneri Ulug‘bek Asanbayev qimmatbaho avtomobilni Husanovga to‘yona qilgan. O‘z vaqtida «Paxtakor» va «Do‘stlik» jamoalari to‘p surgan Asanbayev so‘nggi yillarda futbolchilarning xorij klublariga o‘tishini tashkil qilishda jonbozlik ko‘rsatib kelayotgandi. 

21 yoshli Husanov may oyida bo‘ydoqlik bilan xayrlashishi kutilmoqda.

Avvalroq, Husanov ushbu avtomobilni mahrga berish uchun xarid qilgani haqida xabarlar tarqalgan, keyin esa rad etilgandi. 

Mavzuga oid