Sport | 15:21 / 02.03.2025
19073
1 daqiqa o‘qiladi

Gvardiola: «Husanov sotib olinganidan juda ham minnatdorman»

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya kubogi 1/8 finali doirasidagi «Plimut»ga qarshi o‘yindan (3:1) keyin jamoaning yana bir markaziy himoyachisi Natan Ake ham jarohat olib safdan chiqqanini ma’lum qildi.

Foto: Getty images

«Afsuski, yana bir markaziy himoyachimiz jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqdi. Natan Akeni sog‘inib qolamiz.

Klubdan Husanov va Vitor Reysni sotib olganidan juda ham minnatdorman. Aks holda keyingi mavsum Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish va Angliya kubogi g‘olibligi uchun kurasha olmagan bo‘lardik. Ularsiz buning imkoni bo‘lmasdi. Chunki bizda faqat Diash qolgan bo‘lardi», - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi Manchester Evening News.

Eslatib o‘tamiz, bungacha so‘nggi ikki haftada «Manchester Siti»ning ikki markaziy himoyachisi Jon Stounz va Manuel Akanji ham uzoq muddatga safdan chiqqandi.

Mavzuga oid