Abduqodir Husanov – «Manchester Siti»ning fevral oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb e’lon qilindi
O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov «Manchester Siti» klubidagi dastlabki oyidayoq eng yaxshi futbolchi deb topildi.

Foto: Getty images
«Manchester Siti» klubi matbuot xizmati fevral oyi yakunlariga ko‘ra, oyning eng yaxshi futbolchisi nomi uchun so‘rovnoma o‘tkazdi. Quvonarlisi, nomzodlar ro‘yxatiga Abduqodir Husanov ham kiritilgan edi va o‘zbekistonlik himoyachi «Siti»dagi ilk oyidayoq jamoa hujumchisi Erling Holand va chap qanot himoyachisi Yoshko Gvardiol bilan oy laureati sovrini uchun kurashdi.
Bir hafta davomida o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga binoan, Abduqodir Husanov – «Manchester Siti»ning fevral oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Qayd etish joiz, 21 yoshli himoyachining so‘rovnomada g‘olib bo‘lishida o‘zbekistonlik muxlislarning ovoz berish jarayonida faol bo‘lgani muhim ahamiyat kasb etdi.
Ma’lumot uchun, Husanov «Siti» safida fevral oyida APL doirasida 4ta, YeChLda bitta, Angliya kubogi doirasida esa bitta o‘yin o‘tkazib, 1ta golga mualliflik qildi.
Avvalroq, O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov ham «Roma»dagi 4 yillik faoliyati davomida ilk bor Rim klubining fevral oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgandi.
Tavsiya etamiz
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya TIV rahbari Eron bilan urush kengayishi xavfi haqida ogohlantirdi
Jahon | 14:16
-
Malayziya O‘zbekistonga 20 ming dollarlik ilmiy adabiyotlarni taqdim etdi
O‘zbekiston | 14:13
-
Trampga javob qaytargan Xominaiy, Xitoyning beg‘araz yordami va Isroilga ilk marta otilgan «Sijjil»– kun dayjesti
Jahon | 14:04
-
Magnum O‘zbekistonni tark etadi
O‘zbekiston | 13:53
Mavzuga oid

20:34 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?

18:11 / 14.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh boshlanmoqda: unda kimlar ishtirok etadi?

20:39 / 28.05.2025
Abduqodir Husanov uylandi

10:12 / 21.05.2025