“Biznesni rivojlantirish banki” Parijda 50 mln yevrolik bitimlar imzoladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiyaga amalga oshirilgan rasmiy tashrifi doirasida ikki mamlakat o‘rtasida moliyaviy va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim ikki tomonlama kelishuvlar imzolandi.

Foto: Biznesni rivojlantirish banki
Xususan, tashrif doirasida o‘tkazilgan Biznes-forum davomida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va Fransiyaning taraqqiyot agentligi (AFD) o‘rtasida 30 mln yevro miqdoridagi kredit liniyasi bo‘yicha asosiy shartlar to‘g‘risida bitim imzolandi. Ushbu loyiha ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlashga yordam berishga qaratilgan. Ajratilgan mablag‘lar belgilangan gender mezonlariga javob beradigan korxonalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi. Bu esa ayollar uchun iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi deyish mumkin.
Ushbu bitim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 7 martdagi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshiriladi va ayollar uchun biznes sohasida qulay sharoitlar yaratishni ko‘zda tutadi.
Shuningdek, “Biznes rivojlantirish banki” ATB va Union of Arab and French Banks (UBAF) o‘rtasida 20 mln yevro miqdoridagi hamkorlik kelishuvi imzolandi. Ushbu kelishuv savdo moliyalashtirish sohasida strategik hamkorlikni rivojlantirish, korrespondentlik munosabatlarini o‘rnatish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan bo‘lib, ikki mamlakat moliyaviy institutlari o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.
Aytish mumkinki, bank va xorijlik hamkorlar o‘rtasida imzolangan hujjatlar O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, investitsiyalarni jalb qilish va barqaror rivojlanishga xizmat qiladigan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratishga yo‘l ochadi.
Ushbu kelishuvlar ham o‘zaro manfaatli sheriklik va ishonchga asoslangan o‘zbek-fransuz munosabatlarining jadal rivojlanayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning uran boyitish zavodida deyarli barcha sentrifuga yo‘q qilingani aytildi
Jahon | 02:03
-
TIV Eron va Isroildagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
O‘zbekiston | 01:07
-
Tramp oilasi 499 dollarlik «Oltin smartfon»ni sotuvga chiqaradi
Jahon | 00:30
-
“Eron urushni qabul qildi, endi ortga yo‘l yo‘q” – siyosatshunos
Jahon | 00:11
Mavzuga oid

17:00 / 04.06.2025
"Biznesni rivojlantirish banki" ko‘magida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda

19:00 / 02.06.2025
Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi

17:00 / 28.05.2025
"Biznesni rivojlantirish banki" biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda

19:00 / 16.05.2025