Jamiyat | 08:10 / 10.03.2025
1488
1 daqiqa o‘qiladi

Sebzor ko‘chasida ikkita Nexia-3 ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

2025 yil 7 mart kuni soat 20:30 larda Shayxontohur tumani Sebzor ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 2003 yilda tug‘ilgan U.A. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli avtomashinasi hamda 1994 yilda tug‘ilgan D.A. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Haydovchilarning kelishuviga asosan yo‘l-transport hodisasi E-protocol to‘g‘risidagi xabarnoma orqali rasmiylashtirilgan.

Mavzuga oid