Hafta o‘rtasida ayrim hududlarda havo harorati 45 darajagacha isishi kutilmoqda

Foto: Kun.uz
«O‘zgidromet» O‘zbekiston bo‘yicha 6-8 avgust kunlari kutilayotgan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 7–8 avgustda ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +22...+27 daraja, kunduzi 6–7 avgustda +38...+43 daraja, 8 avgustda +36...+41 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +23...+28 daraja, kunduzi 6 avgustda +35...+40 daraja, ba’zi joylarda +42 darajagacha; 7 avgustda +35...+40, 8 avgustda +38...+43 daraja, ba’zi joylarda +44 darajagacha bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +21...+26 daraja, kunduzi 6–7 avgustda +35...+40 daraja, 8 avgustda +37...+42 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 6–7 avgustda ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +23...+28 daraja, kunduzi 6–7 avgustda +37...+42 daraja, 8 avgustda +38...+43 daraja, ba’zi joylarda +45 darajagacha bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi, 6 avgustda ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi 6–7 avgustda +34...+39 daraja, 8 avgustda +36...+41 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, 6 avgustda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +27...+32 daraja bo‘ladi.
Avvalroq issiq kunlar munosabati bilan SSV qator tavsiyalarga amal qilishni so‘ragandi:
— soat 10:00 dan 17:00 ga qadar soya-salqin joylarda bo‘lish;
— tashqariga chiqqanda tabiiy, yorqin rangdagi, paxta matosidan bo‘lgan liboslar va yengil bosh kiyim kiyish hamda quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak taqish;
— kuniga 3 litrdan kam bo‘lmagan miqdorda suyuqlik ichish, ko‘proq meva-sabzavotlar iste’mol qilish;
— gazlangan, energetik va alkogol ichimliklar, qahva iste’mol qilmaslik. Yog‘li, dudlangan taomlar tanovul qilmaslik;
— kun davomida iliq dush qabul qilish, vaqti-vaqti bilan badanni sovuq suvda namlangan dastro‘mol bilan artib turish;
— Quyosh urganda bemorni salqin joyga ko‘chirib, gorizontal holda yotqizib, oyoqlarini sal ko‘tarish, kiyimlarini yechish, yuzini sovuq suvda yuvish va biror xo‘llangan matoni yurak sohasiga qo‘yish. Unga salqin ichimlik yoki qatiq ichirish va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish.
Qo‘shimcha qilinishicha, tibbiyot maskanlari 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Muassasalar zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanib, zaxira o‘rinlari yaratilgan.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi
Jahon | 00:02
-
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi
Jahon | 23:39 / 03.07.2025
-
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan shaxsni zararsizlantirdi, bankdan 90 ming dollar talon-toroj qilganlar ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:36 / 03.07.2025
-
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:33 / 03.07.2025
Mavzuga oid

13:06 / 03.07.2025
Iyulda eng issiq harorat kuzatiladigan kunlar ma’lum qilindi

08:50 / 03.07.2025
Barselonada 100 yil ichidagi eng issiq iyun oyi kuzatildi

16:06 / 02.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari

12:16 / 01.07.2025