Germaniya Ukrainaga yana sakkizta Leopard tankini topshirdi
Germaniya Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish ro‘yxatini kengaytirdi. Germaniya Ukrainaga boshqa narsalar qatorida yana sakkizta Leopard tanki (Daniya bilan qo‘shma loyiha doirasida), Gepard zenit qurollari uchun snaryadlar, dronlar va radar stansiyalarini yetkazib berdi.

Foto: CC BY 2.0 / 270862
Germaniya hukumati 29 iyul, dushanba kuni Kiyevga yetkazib berilgan qurollar ro‘yxatini yangiladi. Daniya bilan qo‘shma loyiha doirasida Ukrainaga yana sakkizta Leopard 1A5 tanklari va ular uchun ehtiyot qismlar topshirildi.
Bundan tashqari, Ukraina Qurolli kuchlari Germaniyadan Gepard o‘ziyurar zenit qurollari uchun yana 21 ming snaryad, 10 ta suvusti dronlari, ikkita Bergepanzer 2 zirhli ta’mirlash va tiklash mashinasi, 10 ta radar stansiyasi, dala kasalxonasi va harbiy xizmatchilar uchun o‘q-dorilar oldi.
Avvalroq Germaniyaning Ukrainaga harbiy yordami ro‘yxati 8 iyul kuni yangilangan edi. O‘shanda u Germaniya tomonidan yetkazib berilgan uchinchi Patriot zenit-raketa tizimini, Gepard o‘ziyurar qurollari uchun 9 ming snaryadni va 155 mm kalibrli 55 ming artilleriya snaryadlarini o‘z ichiga oldi.
Ukrainaga harbiy yordam uchun qo‘shimcha mablag‘ kerak
May oyida Germaniya Mudofaa vazirligi, Bild am Sonntag gazetasiga ko‘ra, Ukrainaga harbiy yordam uchun qo‘shimcha 3,8 milliard yevro so‘ragan. Bu vaqtga kelib, hukumat tomonidan 2024 yil uchun ajratilgan 7,1 milliard yevro deyarli to‘liq rejalashtirilgan edi. Bu ma’lumotlarga ko‘ra, Kiyev uchun qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va boshqa harbiy texnikaning yangi partiyalarini xarid qilish uchun bor-yo‘g‘i 300 million yevro qolgan.
2025 yilgi budjet loyihasida Germaniya hukumati Kiyevga yordam ko‘rsatish uchun bor-yo‘g‘i 4 milliard yevroni kiritgan, deb xabar bermoqda Reuters. Berlin Kiyev avgust oyidayoq G‘arbda muzlatib qo‘yilgan Rossiya aktivlaridan daromad ola boshlaydi, deb kutmoqda. Ushbu sxema bo‘yicha birinchi transfer taxminan 1,4 milliard yevroni tashkil qilishi kerak. Bundan tashqari, «katta yettilik» Ukrainaga xuddi shu aktivlar garovi ostida 50 milliard dollar kredit bermoqchi.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
SpaceX Crew Dragon'ning XKSga startini so‘nggi daqiqada kechiktirdi
Jahon | 14:11
-
O‘zbekiston va Indoneziya dippasport egalarini viza talabidan ozod etish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi
O‘zbekiston | 14:09
-
G‘azoga zulm qilishda bardavom Isroil, Sudjani tark etgan ukrainlar va Trampdan Rossiyaga sanksiya va’dasi - kun dayjesti
Jahon | 13:46
-
London rossiyalik diplomat va diplomatning rafiqasini chiqarib yuboryapti
Jahon | 13:26
Mavzuga oid

12:02 / 24.02.2025
Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi

10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi

10:01 / 24.02.2025
Mers Germaniyada hukumatni tezroq shakllantirishga chaqirdi

09:10 / 24.02.2025