YeI va Tunis noqonuniy migratsiya bo‘yicha murosaga keldi
Yevropa Ittifoqi Tunisga noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish uchun 900 million yevro moliyaviy yordam beradi. 100 million yevro dengizda muhojirlar qayiqlarini qidirish va ularni uyiga jo‘natish uchun mo‘ljallangan.

Foto: AP
O‘rta Yer dengizi orqali Yevropa Ittifoqiga o‘tish uchun xavfli urinishlar qilayotgan muhojirlar soni ortib borayotgan bir paytda, Bryussel va Tunis noqonuniy migratsiyaga qarshi birgalikda kurashni kuchaytirishga qaror qildi. Tegishli hujjat imzolangani haqida 16 iyul, yakshanba kuni Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen, Italiya va Niderlandiya bosh vazirlari Mark Ryutte va Jorja Meloni hamda Tunis prezidenti Kays Said ma’lum qildi.
Ushbu kelishuvga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi og‘ir iqtisodiy ahvolga tushib qolgan Shimoliy Afrika davlatiga 900 million yevro miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatadi. Yevropa siyosatchilari ishtirokida ushbu kelishuv bo‘yicha muzokaralar taxminan bir oy oldin Tunisda bo‘lib o‘tgan. O‘z navbatida, Tunis noqonuniy migratsiyaga faol qarshilik ko‘rsatish va kontrabandachilarning o‘z qirg‘oqlaridan Yevropaga borishga urinishini to‘xtatish majburiyatini oldi.
«Biz yaxshi kelishuvlar paketini tuzdik. Endi ularni amalda qo‘llashimiz kerak», - dedi Ursula fon der Lyayyen. O‘z navbatida, Said kelishuvlarni «imkon qadar tezroq» amalga oshirishga va’da berdi. U noqonuniy migratsiya atrofidagi vaziyatni «g‘ayriinsoniy» deb atadi va bu muammoni birgalikda hal qilish mumkin, degan fikrni bildirdi.
YeI mablag‘laridan 100 million yevro dengizda muhojirlarni qidirish va qutqarish, shuningdek, ularni o‘z vataniga qaytarish uchun yo‘naltirilishi rejalashtirilmoqda. Bu shu paytgacha Tunisga Yevropa budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan o‘rtacha yillik mablag‘dan uch barobar ko‘pdir.
Qayd etilishicha, joriy yilda Yevropa Ittifoqiga O‘rta Yer dengizi orqali kelgan noqonuniy muhojirlar soni keskin oshgan. Ko‘pchilik uchun Tunis tranzit nuqtasidir. Muammo ayniqsa Italiya uchun keskin. Yil boshidan buyon u yerda dengiz orqali mamlakatga kelgan 75 ming muhojir ro‘yxatga olingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davrida 31,9 ming edi.
Italiya bosh vaziri Jorja Meloni so‘zlariga ko‘ra, u Yevropa Ittifoqi Shimoliy Afrikaning boshqa davlatlari bilan Tunis kelishuviga o‘xshash shartnomalar tuza olishiga umid qilmoqda.
Qayd etilishicha, Tunisning pul olishi uchun esa boshqa masala bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilinishi kerak. Mamlakat haligacha XVJ va’da qilgan 1,9 milliard dollarlik kreditni qabul qilmadi, chunki prezident Said zarur islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmayapti, deya eslatadi dpa agentligi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI 2040 yilga borib CO2 tashlamalarini 90 foizga qisqartiradi
Jahon | 15:28
-
O‘zbekiston - Ozarbayjon parlamentlararo forumi – Xivadagi muloqot qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 15:25
-
O‘zbekiston-Pokiston fan va innovatsiya forumi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 15:04
-
Tenge Bankʼdan 90 ming AQSh dollarini talon-taroj qilgan shaxslar qo‘lga olindi
Jamiyat | 15:02
Mavzuga oid

20:10 / 30.06.2025
Rossiya Yevropaning 15 ta OAV saytlariga kirishni chekladi

18:27 / 30.06.2025
YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana yarim yilga uzaytirdi

22:49 / 27.06.2025
Yevroparlament Finlandiyaga Rossiya bilan chegarani yopishga ruxsat berdi

07:59 / 27.06.2025